Foto va Video

Buxoro viloyatidagi turistik klaster

238

O‘tgan yil 30-avgust kuni Buxoro viloyatining Romitan tumanida “Bukhara Desert Oasis & Spa” noyob sayyohlik klasteri ochildi. Tematik majmua oʻziga xos sharqona voha boʻlib, choʻl zonasida joylashgan. Majmuaning umumiy maydoni 10 gektarni tashkil etadi. Bundan tashqari, 30 gektarga tutash hududda bosqichma-bosqich eko- va agroparklar tashkil etilmoqda. 

Loyiha ishga tushirilishining birinchi bosqichida majmua bir vaqtning o‘zida 500 nafargacha dam oluvchini qabul qilishi mumkin. Keyingi bosqich amalga oshirilsa, bu raqam 1000 nafarga yetkaziladi. Klaster hududida basseynli mehmonxona, uy-joylar, yozgi ayvonli milliy va yevropa taomlarini taklif etuvchi restoranlar, Buxoro viloyatining tarixiy maskanlari maketlari, sog‘lomlashtirish majmuasi, ot sporti maydoni, avtoturargoh va boshqa obyektlar mavjud. 

Qo‘shimcha xizmatlar qatoriga otlar, tuyalar, kvadrosikllar, jiplar va elektromobillarda sayohatlar tashkil etish kiradi. Bundan tashqari, bu yerda majmuaga tashrif buyuruvchilar uchun teatrlashtirilgan tomoshalar va konsert dasturlari namoyish etiladi. Turizm klasterining ochilishi natijasida 100 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring