Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Surxondaryo viloyatidagi Nilu qishlog‘iga rasman “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi

21.07.2025 500

Surxondaryo viloyatining xushmanzara tog‘lar qo‘ynidagi Sariosiyo tumani go‘zal tabiati, musaffo havosi, zilol suvlari, maftunkor "Sangardak" sharsharasi va boshqa noyob turistik manzillari bilan dunyoga tanilgan.

Tumandagi "Sangardak" sharsharasiga olib boruvchi yo‘lning o‘ng tarafida Nilu, degan qishloq bor. So‘lim bu go‘shaning uylari baland tog‘larga tutashib ketgan. Qishloqdagi 520 dan ortiq oilada 2 ming 500 ga yaqin kishi istiqomat qiladi. Odamlar asosan bog‘dorchilik, chorvachilik va asalarichilik bilan shug‘ullanadi. 

Niluga turizm qishlog‘i maqomini berishga bag‘ishlangan tantanali tadbirda Turizm qo‘mitasi va Sariosiyo tumani hokimligi mas’ullari, qishloq aholisi, ommaviy axborot vositalari vakillari, ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etdi.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar