12–13 sentyabr kunlari Samarqand shahri to‘rtinchi bor butun dunyodan yuzlab sportchilarni o‘ziga jalb etib, Markaziy Osiyoning qoq markazida yirik sport festivali - Challenge Samarkand musobaqasiga mezbonlik qildi.
Bu yilgi musobaqada 40 dan ortiq mamlakatdan 1400 nafardan ziyod sportchi ishtirok etdi. Musobaqani tashkil etish va o‘tkazishda yuzlab ko‘ngillilar qatnashib, ishtirokchilarga o‘z energiyasi va qo‘llab-quvvatlashini ulashdi. Xavfsizlikni ta’minlashda o‘nlab tashkilot va idoralar ishtirok etdi. Shuningdek, World Triathlon Level 1 sertifikatiga ega qariyb 60 nafar hakam hamda mahalliy tashkilotchi - O‘zbekiston Triatlon Federatsiyasi jamoasi yuqori saviyada xizmat ko‘rsatdi.
Musobaqa dasturidan PRO sportchilar uchun Middle Distance, havaskorlar uchun Sprint va Middle Distance bahslari, shuningdek, Bolalar va Ayollar yugurish musobaqalari o‘rin oldi. Bundan tashqari, sport festivali doirasida Triatlon bo’yicha O’zbekiston Ochiq chempionati ham o‘tkazildi.
Middle Distance
Middle Distance yo‘nalishida ishtirok etgan sportchilar:
bosqichlarini bosib o‘tdilar.
Sprint Distance
Sprint Distance yo‘nalishida ishtirok etgan sportchilar:
bosqichlarida bellashdilar.
PRO erkaklar o‘rtasidagi natijalar
1-o‘rin — Sam Laidlow (Fransiya)
2-o‘rin — Emil Holm (Daniya)
3-o‘rin — Will Draper (Buyuk Britaniya)
PRO ayollar o‘rtasidagi natijalar
1-o‘rin — Natalie van Coevorden (Avstraliya)
2-o‘rin — Daisy Davies (Buyuk Britaniya)
3-o‘rin — Sara Pérez Sala (Ispaniya)
Shuningdek, Middle Distance PRO toifasida ilk bor O‘zbekiston milliy terma jamoasining yosh va istiqbolli sportchisi Kamron Xodjayev ishtirok etdi. Kamron o‘zining uy maydonidagi debyutini muvaffaqiyatli o‘tkazib, Middle Distance masofasidagi ilk startidayoq munosib natija qayd etdi.
O‘zbekiston Triatlon chempionati natijalari
Elite erkaklar:
1-o‘rin — Kamran Khodjaev
2-o‘rin — Mukhammadyusuf Abdukhalilov
3-o‘rin — Sultan Aliev
Elite ayollar:
1-o‘rin — Dayana Lukienko
2-o‘rin — Dilnura Xolniyozova
3-o‘rin — Shahribonu Absalimova
Sportchilar musobaqaning yuqori darajada tashkil etilganini, Samarqandning butun shahri bo‘ylab o‘tgan o‘ziga xos yo’nalishni, mehmondo‘stlikni hamda qadimiy shaharning betakror go‘zalligini alohida e’tirof etdilar.
Musobaqa yuqori saviyada o‘tkazilib, ishtirokchilar va mehmonlar qalbida yorqin taassurot qoldirdi. Ko‘plab sportchilar O‘zbekistonga yana qaytish rejalarini allaqachon tuzib qo‘yishgan.
Samarqand 2027-yil 21–22-avgust kunlari Challenge Samarkand musobaqasi uchun yana o‘z eshiklarini ochadi!
Izoh