Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

TAILANDGA KIRISH UCHUN ELEKTRON VIZA RASMIYLASHTIRISH TARTIBI

10.09.2026 18

2026-yil 15-sentabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Tailandga kirishi uchun elektron viza (e-Visa) rasmiylashtirish talab etiladi.

Elektron vizani rasmiylashtirish uchun Tailand Tashqi ishlar vazirligining Thai e-Visa rasmiy onlayn platformasidan foydalanish lozim.

Rasmiy platforma: https://www.thaievisa.go.th

Elektron viza qanday rasmiylashtiriladi?

Elektron viza olish uchun:

Thai e-Visa platformasida akkaunt yaratish;

Onlayn viza arizasini to‘ldirish;

Talab etiladigan hujjatlarni elektron shaklda yuklash;

Belgilangan viza yig‘imini to‘lash;

Arizaning ko‘rib chiqilishini kutish;

Viza tasdiqlangandan so‘ng elektron viza tasdig‘ini olish talab etiladi.

Viza turi va talab qilinadigan hujjatlar safar maqsadiga qarab farq qilishi mumkin. Turistik maqsadda Tailandga boruvchi fuqarolar tegishli Tourist Visa turini tanlashlari lozim.

Muhim: Tailandga safar qilishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolariga safardan oldin viza talablari, zarur hujjatlar, viza yig‘imi hamda arizani ko‘rib chiqish muddatlarini rasmiy Thai e-Visa platformasida tekshirish tavsiya etiladi.

Elektron viza uchun rasmiy sayt: https://www.thaievisa.go.th

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar