Foto va Video

Chimyon va Gulkam daralari

2418

Chimyon tog‘lari tabiat o‘zining kuch-qudrati va mukammalligini namoyon etgan ajoyib maskandir. Bu joylarda behuda va tartibsiz joylashgan hech bir jism yo‘q, hamma narsa o‘z o‘rnida: ulug‘vor kanyonlar, tik qoyalar, shiddatli qoyalardan o‘tib kelayotgan tez oqar tog‘ daryolari.

Chimyon Oʻzbekistonning asosiy tabiiy diqqatga sazovor joylaridan biriga aylangan, u oʻzining boy oʻsimliklari, qayin va yongʻoqzorlari, chekka dovonlari, sharshara va koʻllari, tor daralari bilan mashhur. Chimyonning eng go‘zal joyi Gulkam tog‘ tizmalarining qirlaridir. U yerda koʻp sonli kanal va soylar tufayli Gulkamsoy daryosi vujudga kelgan va u oʻz navbatida hayratlanarli relyef — daralarni hosil qilgan.

Gulkam daralarini hamma tomosha qilishi mumkin, ammo shuni yodda tutish kerakki, bu joylar tog‘li hududda joylashgan va bunday sayohatga xavfsizlik qoidalarini biladigan tajribali o‘qituvchi hamroh bo‘lishi kerak.

Gulkam daralari Chorvoq suv ombori boʻyida, Toshkentdan ikki soatlik masofada joylashgan. Avval siz asfalt yo‘l bo‘ylab yurasiz, u Gulkam qishlog‘iga olib boradigan do‘ngli tog‘ yo‘liga aylanadi. Keyin esa so‘qmoq bo‘ylab piyoda yurishingiz kerak. Bora-bora dara torayib, so‘qmoq bo‘ylab o‘tish joyini borgan sari katta bo‘lkli ulkan toshlar to‘sishni boshlaydi, daradagi qoyalar esa balandroq ko‘rinaveradi. Tez orada daraga yo‘l butunlay yo‘qoladi va daryoning bir chetidan ikkinchi tomoniga o‘tishga to‘g‘ri keladi. Daryo juda tor bo‘lishiga qaramay, uning oqimi juda kuchli, uni kesib o‘tish oson emas. Asta-sekin daraning devorlari torayib boraveradi. Ba'zi joylarda siz toshdan toshga sakrab, deyarli daryo bo‘ylab harakat qilishingiz kerak bo‘ladi.

Shunga qaramay bu joylarning go‘zalligi birinchi soniyalardanoq maftun etadi! Yuqoriga ko‘tarilishayotganda, so‘qmoq bo‘ylab siz g‘ayrioddiy shakldagi toshlarni, jarangdor sharsharani va g‘alati shakldagi qoyalarni uchratasiz. Tez orada dara olti metrgacha torayadi va siz katta shaklli xarsanglar orasi, tor yo‘lakdan o‘tishingiz kerak bo‘ladi. Daraning eng tor joyida tabiatning bunday mo‘jizasi qanday paydo bo‘lganligi ayon bo‘ladi. Millionlab yillar davomida daryoning tog‘ kanali qalin toshlardan o‘tib, o‘zi uchun tor yo‘lak yaratgan.

Bunday joyga faqat quruq ob-havodan keyin kuchli yomg‘ir, sel, loy va toshlarning qulashidan havfidan holi davrda, shuningdek, qulay poyabzalda borishingiz kerak, chunki siz kesib o‘tishingiz kerak bo‘lgan toshlar nam va silliqdir. Bundan tashqari, xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘zingiz bilan qalin arqonni olish tavsiya etiladi.

Eng tor nuqtadan keyin dara bir necha yuz metrga cho‘ziladi va keyin asta-sekin ajralishni boshlaydi.Gulkam daralari – bu aql bovar qilmaydigan sarguzasht va albbatta ozgina adrenalinga ham ega bo‘lasiz. Agar siz ekstremal tarzda piyoda yurishdan uzoq bo‘lsangiz va oddiy piyoda yurishni afzal ko‘rsangiz, u holda siz chetdan Gulkam daralarining barcha go‘zalligini ko‘rishingiz mumkin bo‘lgan aylanma yo‘lni tanlashingiz mumkin.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring