Chorsu bozorining gastrnomik ramzlari

8214

Javonlardagi go‘zallik, mo‘l-ko‘l mahsulotlar, keng qatorlar, do‘stona sotuvchilar-Toshkentning diqqatga sazovor joylaridan biri Chorsu bozoriga tegishli. Bozordan bir necha daqiqalik yo‘l uziqlikda, qadimgi Ko‘kaldash madrasasi va Xo‘ja Ahror Vali masjidiga boorish mumkin.
Chorsu bazaar

“Eski Shahar”ning markazida Toshkentning asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri, o‘rta asrlardan buyon mashhur bo‘lgan Chorsu bozori joylashgan. Ushbu bozorda siz huddiki sharq ertagiga tushgandek bo‘lasiz. Bozorda O‘zbekistonning butun tarixi mujassamlashgan bo‘lib bu yerda siz: keramik buyumlar, do‘ppilar, milliy liboslar, sharqona shirinliklar, ziravorlar, mevalar, sabzavotlar, loydan yasalgan buyumlar, qo‘l mehnatida ishlangan yodgorliklar, kitoblar, sovg‘alar, milliy matolardan tayyorlangan ro‘mollar va boshqa o‘zingizga kerakli mahsulotlarni topishingiz mumkin. Mahsulotlarning xilma-xilligidan siz ro‘yhat tuzishingizni ham iloji yo‘q.

O‘zbekistonning eng yirik bozori paydo bo‘lishi taxminan X asrga to‘g‘ri keladi. U “Buyuk Ipak yo‘li” yo‘lidagi muhim markaz bo‘lgan to‘rtta savdo ko‘chalari kesishmasida tashkil etilgan. Savdo butun yil davomida amalga oshirilgan va bu yerda turli madaniyatlar bir-biriga bog‘langan holda faoliyat olib borgan. Savdo yo‘llarida chet ellik savdogarlarni, karvonlarni, do‘kon egalari, hunarmandlar, boy dehqonlar va oddiy ishchilarni uchratish mumkin bo‘lgan. 1000 yillar davomida Chorsu bozori o‘z ko‘rinishini o‘zgartirmagan.

Chorsu bazaar inside

Bozor ko‘k gumbazlar ostida bir nechta savdo bo‘limlardan iborat ular: oziq-ovqat bo‘limi, uy-ro‘zg‘or buyumlari bo‘limi, gilam bozori, yoping‘ich va to‘shak, zargarlik buyumlari va hunarmandchilikga doir mahsulotlar bo‘limlarida savdo olib borilgan.

Sirkni eslatuvchi katta ko‘k gumbaz ostida joylashgan oziq-ovqat pavilioni alohida qiziqish uyg‘otadi. Undagi mahsulotlar biq qancha turlarga bo‘linadi. Misol uchun, sut mahsulotlari alohida-alohida, ziravorlar va quritilgan mevalar alohida-alohida rastalarda sotiladi. Qizig‘i shundaki, sut mahsulotlarini tanlash, ular orasida qatiq, qurt, suzmani tatib ko‘rish imkoniyati mavjud.

 Quritilgan mevalar va sharqona shirinliklar qatoriga borsangiz ko‘zlaringiz quvonadi. Quruq meva mahsulotlari rastasida turli xildagi mayiz, quritilgan o‘rik, yong‘oqlar, tuzlangan o‘rik danaklari, sedanali shirin yer yong‘oqlar shular jumlasidan. Sharq shirinliklaridan esa novvot, parvarda, pashmak, holva va boshqa qandolatchilik mahsulotlari savdoda xaridorlar uchun hamisha mavjud.

 Chorsu shopping arcade

Ziravorlar qatoridan huddiki rang barang cho‘l tepaliklariga o‘hshaydi ularning oldidan beparvo o‘tishning iloji yo‘q. O‘zbek taomlari Sharqning betakror qo‘shig‘i kabidir, ularni an’anaviy ziravorlar to‘plamisiz tayyorlashning iloji yo‘q: doljin, zafaron, qora va qizil qalampir, zira, koriander, quritilgan sabzavotlar va boshqa ziravorlar shular jumlasidan.

Oziq-ovqat paviloniga yaqin joyda milliy o‘zbek taomlarini tatib ko‘rishingiz mumkin bo‘lgan bir qator umumiy ovqatlanish shahobchalari mavjud. Ularga yaqinlashganingizda, uzoqdan palov, kabob, somsaning hush bo‘y isini his qilishingiz mumkin. Agar sizning qorningiz to‘q bo‘lsa ham, o‘zbek lazzatli taomlariga qarshi tura olmaysiz. Bu yerda siz Norin, Qazi go‘shti, Gumma, Hasip, qovurilgan baliq, Xonim, Manti, qo‘zichoq qovurg‘alari, qo‘zichoq go‘shtli no‘xatni tatib ko‘rishingiz uchun taqdim etaladi. Siz darhol ovqatlanih shahobchasida taomlar bilan lazzatlanishingiz, yoki o‘zingiz bilan birga olib ketishingiz mumkin, tandirdan yangi uzilgan issiq non ham yodingizdan chiqmasin. Lekin har qanday holatda ham Chorsu bozori umumiy ovqatlanish shahobchalari-bu o‘zbek gastronomiyasining haqiqiy lazzat makoni, Chorsu bozori haqiqiy ho‘rrandalar uchun sarguzasht maskanidir!

Chorsu bozori - aynan mana shu yerda o‘zbek madaniyatining, ming yillik tarixining bir qismi boshlanadi.



Onlayn sayohat

 

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring