Chorvoq dam olish maskani

3874

Quyosh, tog‘lar va suv, bundan yaxshiroq yana nima bo‘lishi mumkin?

O‘zbekistonda plyaj ta’tilini o‘ylab yurgan bo‘lsangiz Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan Chorvoq suv omboriga e’tibor qaratishingiz kerak. Dam olish maskaniga poytaxtdan taksi, poyezd yoki avtobusda borish mumkin.

Ulkan suv havzasi bo‘yidagi jihozlangan plyajlar dam olish joylari, soyabonlar, an’anaviy yog‘och karavotlar va kafelarni taklif etadi. Bu yerda dam oluvchilar skuterda, katamaranda yoki suv bananida uchishi mumkin, ekstremal sport turlari muxlislari paraplanda uchib, tevarak atrofni o‘rganishlari mumkin.

Chorvoqning butun qirg‘oq bo‘yi bo‘ylab 100 km masofada dam olish maskanlari, bolalar lageri va xususiy uylar mavjud bo‘lib, ularni o‘zingiz ham, istalgan mahalliy sayyohlik agentliklari orqali ham band qilishingiz mumkin.

Plyaj ta‘tilini siz bu yerda yangi kashfiyotlar bilan mujassamlashtirib – Bo‘stonliq tumanidagi eng qadimiy arxeologik obidalarni ko‘rish, qoyatosh rasmlari va ibtidoiy odamlarning manzilgohlarini ko‘rish, qo‘riqlanadigan hududning sirli daralari va g‘orlarida sayr qilishingiz mumkin.

Sharxlar

0

O‘z fikringizni qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Kirish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz

Shuningdek ko‘ring