Foto va Video

Qalajiq-qadimiy Xorazmning sog‘lomlashtirish markazi

7218

Urganch shahridan 90 km. uzoqlikda, qumli Qoraqum cho‘lining o‘rtasida g‘aroyib voha – “Qalajiq” ekoturistik shaharchasi joylashgan. Shaharcha hududida, ikkita asosiy diqqatga sazovor joy – yoshi qariyb uch ming yilga teng qal’a va shifobaxsh xususiyatlarga ega sho‘r ko‘l mavjud.

Qalajiq-Qala qal’asi sho‘r ko‘l bo‘yida joylashgan bo‘lib, ko‘hna Xorazm hududidagi eng qadimiy qal’alardan biri hisoblanadi. Devorlarning balandligi 14 metr va kengligi 2,5 esa metrni tashkil qiladi. Qoraqum cho‘li qum tepalarining qal’a tepasidan ko‘rinishi kishilarni hayratga soladi. Issiq cho‘l qumlari, sug‘orish tizimiga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi maydonlari bilan tutashib ketgan. “Qalajiq” sog‘lomlashtirish markazi, dam olishning jarayonining asosi hisoblanadi. Aytishlaricha, bu erda revmatizm, bel og‘rig‘i va bo‘g‘im og‘rig‘ini davolash uchun juda yaxshi tabiiy iqlim sharoiti mavjud bo‘lganligi uchun odamlar ko‘lga qadim zamonlardan beri davolanish uchun kelishar ekan. Ko‘l suvi tarkibidagi foydali elementlar, yurak-qon tomir tizimining faoliyatini yaxshilashga, qon aylanishini barqarorlashtirishga yordam beradi. Suvning o‘ziga xos shifobaxsh xususiyatlarining mashhurligi shu kungacha saqlanib qolgan, shuning uchun bu erga butun dunyodan sayyohlar kelib dam olishadi.

Shifobaxsh dam olish maskanida, samarali va yoqimli dam olish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Bu yerda mehmonxona, o‘tovli lager, atrofdagi hududlarda esa tuyaqush fermasi va tuyalarni ko‘paytirish joylari ham mavjud. Siz bu erda siz otda sayr qilishingiz, Qalajiq-Qala qal’asidan topilgan qadimiy buyumlar muzeyiga tashrif buyurishingiz, turli milliy taomlarni tatib ko'rishingiz mumkin. Ko‘lning suvi juda g‘ayrioddiy xususiyatlarga ega, unda hech qachon hech kim cho‘kib ketmaydi, chunki u sho‘r bo‘lganligi uchun juda zich va shu bilan birga yumshoq va o‘rab oluvchi suvdir. Ko‘lning xususiyatlari Isroildagi O‘lik dengizni eslatadi. Cho‘milishdan so‘ng, bemor avval nam qumga, so‘ngra quruq qumga ko‘milib yotishi kerak. Bu joy cho‘lda joylashganiga qaramay, hududdagi havo toza va shaffof, nafas oson va erkin olinadi. Uch-to‘rtta bunday muolajadan so‘ng, og‘riq ketadi. Bemorlar, dam oluvchilarning ahvolini kuzatuvchi shifokorlarning nazorati ostida bo‘lishadi.

Bunday ko‘l cho‘lda qanday paydo bo‘lib qolgan? Olimlarning fikriga ko‘ra, ko‘l, tez-tez toshqinlar tufayli paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan qo‘shni ko‘llarning yer osti suvlari oqimidan paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin ekan. Bundan tashqari, ko‘lning bitta g‘ayritabiiy xususiyati bor, mintaqada quruq mavsum bo‘lganida ko‘lning suvi ko‘payadi, agar mavsum ko‘p suvli bo‘lsa, aksincha, ko‘l suvi kamayadi. Qalajiq-Qala qal’asini, O‘zbekistonning “Xumson”, “Omonxona”, “Oqtosh”, “Zomin” kabi boshqa mashhur sog‘lomlashtirish markazlari bilan taqqoslash mumkin. Yaqin yillarda, shaharchani kattalashtirish, bu erda qo‘shimcha sayyohlik ob’ektlari barpo etosh mo‘ljallangan.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring