Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

CNN: noyob tarixiy arxitektura mamlakatni jozibali turistik joyga aylantirmoqda

09.01.2025 689

Amerikaning nufuzli "CNN" nashri O‘zbekiston o‘zining noyob me’moriy merosi bilan sayyohlar uchun jozibador joy sifatida e’tibor tortayotgani haqida maqola chop etdi.

Maqolada Toshkent bo‘ylab sayohat qilish o‘rta asrlar va modernizm, futurizm va neoklassitsizm namunalari bilan to‘ldirilgan arxitektura kitobini varaqlash bilan o‘xshashi, dizayn ixlosmandlari uchun karusel kabi bir mo‘jiza o‘zini boshqa bir mo‘jiza bilan almashtirishi qayd etilgan.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda o‘zining tarixiy binolarini restavratsiya qilish va asrab-avaylash ishlari jadal olib borilmoqda. Bu esa mamlakat imidjini yuksaltirishga, me’morchilik uslublari va madaniy merosining rang-barangligiga qiziquvchi xorijlik sayyohlarni jalb etishga xizmat qilmoqda.

Bundan tashqari, "CNN" mutaxassislarga tayanib, O‘zbekiston me’morchilik an’analarida barqarorlik va ekologik tozalikning muhimligiga: g‘isht va loy kabi qurilish materiallariga, shuningdek, zamonaviy barqaror texnologiyalar bilan birlashganda mahalliy sharoitlarga e’tibor qaratgan. Bu jihat nafaqat hayot sifatini yaxshilash, balki sayyohlar uchun jozibadorlikning asosiy elementiga aylangan. Misol tariqasida, “Yangi Toshkent” qurilishi keltirilgan bo‘lib, unda ekologik toza va energiyani tejashga alohida e’tibor qaratilgani ta’kidlangan.

O‘zbekistondagi arxitektura loyihalariga global e’tibor turizmni rivojlantirish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda. Tarixiy merosni asrab-avaylash va ekologik tozalikni ta’minlashga qaratilgan zamonaviy loyihalar nafaqat hudud tarixi va madaniyati, balki arxitekturadagi ekologik toza yechimlarga qiziquvchi sayyohlarni jalb etishda muhim vositaga aylanmoqda.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing