Foto va Video

Davlat tabiat yodgorliklari

25259

O'zbekistonga kelsangiz, inson qo‘li tegmagan tabiat qo‘ynida sayr qilish, muxofaza ostidagi inson oyog‘i yetmagan tabiat hududlarining sof havosidan bahra olish imkoniyatini qo‘ldan bermang.

O‘zbekistonning rang-barang landshafti va tabiiy-iqlim sharoiti tufayli bu yerda tog‘lar va daryolar, cho‘llar va vohalar, tekisliklar va qadimiy shaharlardan iborat juda ko‘p noyob tabiat yodgorliklari mavjud. Bu tabiat yodgorliklarining ko‘pchiligi davlat tomonidan qo‘riqlanayotgan milliy bog‘lar va qo‘riqxonalar hududlarida joylashgan.

Go‘zal landshaftlar, geologic ob’ektlar, tog‘ massivlari, top-toza ko‘llar, ko‘p asrlik daraxtlari bo‘lgan o‘rmonlar O‘zbekistonning qimmatli tabiat yodgorliklaridir.

Tabiat yodgorliklari

Bunday yodgorliklarning ba’zilari juda qadimiy va butun dunyo hamjamiyati uchun, katta madaniy, ma’rifiy va ilmiy ahamiyatga ega. Yo‘qolib borayotgan noyob o‘simliklar va hayvonlar, botanika yodgorliklari, geologic va gidrogeologik ob’ektlar, g‘aroyib rel’eflar, tog‘dagi shakllar, daraxtzor va cho‘llar va boshqa tabiat joylari, shular jumlasidandir.

Noyob tabiat landshaftlari va biologic resurslarni saqlab qolish va tiklash maqsadida, davlat tabiat yodgorliklari tashkil etilgan. Bunday ob’ektlar, ekologlar muxofazasi ostida va u yerlarda o‘simlik va hayvonot dunyosi ekotizimini himoya qilish va ularning barqaror ishlashi uchun choralar ko‘rilmoqda.

Bunday ob’ektlarga tashrif buyurish mumkinmi va u joylarga qanday boriladi?

Davlat tabiat yodgorliklari, tashrif uchun doimo ochiq.
Bunday joylarga viloyatlarning ma’muriy shaharlaridan ekskursiyalar tashkil etiladi, bu odamlarning mamlakatimizdagi tabiiy va tarixiy boyliklari bilan yaqindan tanishishlari uchun juda yaxshi imkoniyatdir. Hammasi bo‘lib, O‘zbekistonda to‘rt yuzdan ortiq tabiat yodgorliklari mavjud bo‘lib, ularning ba’zilari, alohida muhofaza qilinadigan davlat tabiat yodgorliklari maqomini olgan.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring