O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan mamlakatimiz durdonasi bo‘lmish Samarqand shahrining turistik salohiyatini namoyish qilish maqsadida “Samarqand - Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” mavzusidagi videorolik uchun professional darajadagi ssenariylar tanlovi e’lon qilinadi.
Tanlov 2024-yil 1-martdan 31-martga qadar o‘tkaziladi. Tanlov shartlari quyidagicha:
Ssenariylarda quyidagilardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi:
Ishtirokchi taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunlarga muvofiqligi uchun javobgardir.
Tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan ssenariylar tanlov tashkilotchilari tomonidan baholanadi. Tanlov g‘olibi bir nafar bo‘lib, u joriy yil 20-aprelga qadar 30 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Ko‘hna va navqiron Samarqand shahrining jozibasini va o‘z salohiyatingizni namoyish etishga shoshiling!
“Samarqand - Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” mavzusidagi videorolik uchun professional darajadagi ssenariylarni quyidagi elektron manzilga jo'natishingizni so'raymiz massmedia@nationalprcentre.com.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh