Foto va Video

Eronlik fud-blogger dunyoga O‘zbekiston taomlari haqida gapirib beradi

16.03.2024 238

Shu kunlarda “mr.taster” nomi bilan dunyoga tanilgan bloger Hamid Sepidnam O‘zbekiston bo‘ylab safar qilmoqda.

Turizm qo‘mitasi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan loyihada, “mr.taster” yurtimizning bir necha hududlariga, jumladan, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shaharlariga tashrif buyurib, O‘zbekistonning gastronomik turizmini targ‘ib etuvchi filmni suratga olmoqda.

Tashrif davomida Hamid Sepidnam yurtimizning o‘ziga xos, mazali va takrorlanmas ta’mga ega gastronomik turizm salohiyatini va madaniy jozibadorligini keng yoritishni maqsad qilgan.

Shuningdek, “mr.taster” safari davomida o‘zbek milliy taomlarini nafaqat ta’tib ko‘rib baho berish, balki biri-birini takrorlamaydigan mazali taomlarimizni tayyorlanish jarayonlarini batafsil tasvirga olib internetdagi ommabop ijtimoiy tarmoqlar orqali namoyish etishdir.

Hubert Sepidnam 2005-yildan buyon ijtimoiy media bo‘ylab faoliyat yuritib kelayotgan mashhur blogerlaridan biridir. U “Instagram”da 1,9 million, “Tik Tok”da 600 ming, “Facebook”da 513 ming va “YouTube”da 108 mingta obunachilariga ega. Uning ayrim videolarini, jumladan, “Tik Tok”da 67 million va “Instagram”da 14 million kuzatuvchi ko‘rgan. Ayni paytda bloger Birlashgan Arab Amirliklarida faoliyat yuritib, yashab kelmoqda.

Eronlik blogerning yurtimiz bo‘ylab safari 19 martga qadar davom etadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing