Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Euronews: An’analar va ijod O‘zbekistonni turizm markaziga aylantirmoqda

12.11.2025 105

Euronews telekanali “Ipak Yo‘li sarguzashtlari” dasturining yangi sonida O‘zbekistonda madaniy va hunarmandchilik turizmining rivojlanishiga bag‘ishlangan ko‘rsatuvni namoyish etdi. 

Tomoshabinlar Xiva, Samarqand va Buxoro shaharlariga sayohat qiladilar — bu shaharlar qadimiy gilamchilik san’ati zamonaviy turistik tajribaning bir qismiga aylangan va hududlarni barqaror rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Ko‘rsatuvda o‘zbek ustalari Buyuk Ipak Yo‘li davridan kelib chiqqan an’analarni qanday saqlab qolayotganlari ko‘rsatiladi: ular jun va ipakdan gilamlarni qo‘lda to‘qiydi, tabiiy bo‘yoqlar va ajdodlar tarixini, dunyoqarashini aks ettiruvchi naqshlardan foydalanadi. Sayyohlar gilam to‘qish jarayonini nafaqat tomosha qilish, balki ustaxonalarda ishtirok etish, hunarmandlik ruhini his qilish va tarixiy merosga yaqinlashish imkoniga ega bo‘ladilar.

Euronews ko‘rsatuvi, an’anaviy hunarmandchilikni jonlantirish O‘zbekistonning madaniy va kreativ turizmini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi, mahalliy aholi uchun yangi imkoniyatlar yaratadi va tarix, san’at va zamonaviylik uyg‘unlashgan noyob yo‘nalish sifatida mamlakatning imidjini mustahkamlaydi.

Shuningdek o'qing