G'ijduvonning diqqatga sazovor joylariga sayohat

3607

G‘ijduvon tumani boy va qadimiy tarixga ega. Hududga bir necha yuz yil oldin, arab qabilalari kelguniga qadar asos solingan. Bir vaqtlar buy yer Somoniyalr davlati tarkibiga kirgan. O‘rta asrlarda bu hududda G‘ijduvon va Tavavis shaharlari tashkil topgan. Uzoq vaqt ikki joy eng yaxshi shahar nomi uchun bir-biri bilan raqobatlashgan, biroq vaqt o‘tib, Tavavis o‘z ta’sirini yo‘qotadi, G‘ijduvon esa shahar markaziga aylandi.

Yozma manbalarda G‘ijduvon X asrdan tilga olina boshlagan. O‘sha paytlarda shahar o‘z mavqeiga ega bo‘lgan va yetakchi savdo markazlaridan biri hisoblangan. So‘fiylik tariqatining mash’hur vakili, diniy ustoz Abdul-Xoliq G‘ijduvoniyning sharofati bilan shaharning dong‘i yanada taraldi. Murshid Naqshbandiya tariqati shayxlarining vorislik oltin zanjiridagi o‘ninchi diniy bo‘g‘ini hisoblanadi. U Qoraxoniylar sulolasi hukmronligi davrida yashashab o‘tgan, Yusuf Hamadoniydan diniy da’vatni qabjul qilgan va tariqatning o‘n bitta tamoyilini ilgari surgan.

XVI asrda Shayboniylar sulolasi taxtga kelishi bilan shahar qudratli qal’aga aylanib, mudofa joyi sifatida xizmat qildi. 1512-yilda Movaraunnahr Shayboniylari va Qizilboshlar saltanati Safaviylar o‘rtasida kuchli jang bo‘lib o‘tadi. Mazkur jang «G‘ijduvon jangi» nomini oldi. Buxoro amirligi davrida G‘jduvon savdo shahri bo‘lib qolaverdi. Mahalliy hunarmandlar o‘zlarining ajoyib buyumlari bilan xaridorlarning ko‘nglidan joy olishga ulgurgan edilar.

G‘ijduvon tumani uzoq davrlardan buyon o‘zining hunarmandchilik markazlari va xalq-amaliy san’ati buyumlari bilan mash’hur. Bu yerga eng zo‘r keramika, oltindan tikilgan kashtalar va ipak gilamlar sotib olish maqsadida O‘siyo va Yevropadan savdogarlar kelishgan. Hozirgi kunga qadar ham tumanda hunarmandchilik markazlari gullab yashnaydi, u yerda mohir ustalar o‘zlarining noyob buyumlarini namoyish qilishadi.

G‘ijduvon tumaniga sayohat qilar ekansiz, qadimiy urf-odatlar va an’analar bilan tanishishingiz, esdalik sovg‘alari, keramika, kiyim, ipak hamda jo‘n buyumlari, qo‘g‘irchoq, gullar kompozitsiyasi, shirinliklar tayyorlashning ajoyib texnologiyasiga guvoh bo‘lishingiz mumkin. Ishlab chiqarish jarayonining o‘zi qadimiyligi, o‘ziga xosligi bilan e’tiboringizni tortadi. Axir odatda, hunarmandchilik avloddan avlodga o‘tib kelgan va yuz yillar davomida asrab-avaylab kelingan-da.

 Abdulxoliq G‘ijduvoniy yodgorlik majmuasi

Buxoro - Naqshbandiylik tariqatining yetti nafar buyuk so‘fiylari yurti. Bu maskanda tasavvufning buyuk vakillari istiqomat qilishgan, Buxoroi Sharifning shakllanishi, gullab-yashnashi, ma’naviy-ma’rifiy hayoti, emotsional ruhini ko‘tarishda diniy va ijtimoiy ishlarni olib borishgan. Bu yerda musulmonlarning muqaddas qadamjolari, tasavvuf oqimining a’zolari dafn etilgan joylar saqlanib qolgan.

Buxoroga tashrif buyurgan ziyoratchilarning ko‘pchilik qismi birinchi navbatda Naqshbandiylik ta’limotiga asos solgan diniy rahnamo Xo‘ja Abdul-Xoliq G‘ijduvoniy maqbarasiga tashrif buyurishdan boshlashadi. Abdul-Xoliq G‘ijduvoniyni payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v.ning diniy bo‘g‘inining o‘ninchi avlodi bilan bog‘liq. O‘nta ustunli maqbara ayvoni ham qayd etilgan sulolani eslatib turadi.


Xo‘ja Abdul-Xoliq G‘ijduvoniy davrida maqbarada chillaxona mavjud bo‘lib, qirq yozning qirq kunlik jazirama issig‘ida bu yerda ibodat qilishgan. Ibodat uchun muqaddas joy keyinchalik qadrli ibodat maskaniga aylanadi.

Yaqin o‘tmishga qadar ziyoratgoh tashlandiq holga kelgan edi. Maqbara o‘zining hozirgi namunali ko‘rinishiga ega bo‘lguniga qadar qancha mashaqqatlarni boshdan kechirishga to‘g‘ri keldi. Hozirgi kunda Abdul Xoliq G‘ijduvoniyning maqbarasi qadimiy Sharqning bir qismi sifatida yer va samoni bog‘lab turuvchi aloqa hisoblanadi.

Gijduvon hunarmandchilik markazlari

G‘ijduvon kulolchiligida ranglar va naqshlar mutanosibligining o‘ziga xosligi hamda ta’sirchanligu alohida e’tiborga loyiqdir. Keramika polixromligi, sarg‘ish-yashil ranglar uyg‘unligi, gullar hamda geometrik tasvirlar alohida ajralib turadi. Beshinchi kulolchilik avlod vakili Ibodullo Narzullayev G‘ijduvon kulolchiligi maktabining asoschisi hisoblanadi. U o‘z uyida ustaxona tashkil etgan va kulolchilik mezeyini yaratgan. Muzey va ustaxonagaxohlagan kishi tashrif buyurishi mumkin. Tashrif buyuruvchilar ishlab chiqarish jarayoniga guvoh bo‘lishi va o‘zi uchun esdalik sovg‘alari sotib olishi mumkin.

G‘ijduvon shuningdek, o‘zining kashtachilik san’ati bilan ham mash’hurdir. Mazkur hunarning ustalari ipak tolalaridan ajoyib bezak va buyumlar yaratadi.. lpak tolalarni bo‘yashdan tortib matoni to‘qishgacha bo‘lgan zahmatli mehnat qo‘l mehnatida yuz yillar davomida shakllanib kelgan an’analar hamda ustachilik sirlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Hunarmandchilik markazlari va uydagi ustaxonalarda G‘ijduvon kashtachiligining ajoyib buyumlarini ko‘rishingiz mumkin.

«Хоja Porso» ziyoratgohi

XV asrga kelib Naqshbandiya ta’limoti eng keng tarqalgan diniy birdamlik ta’limoti bo‘ldi. Bu ishda Xo‘ja Muhammad Porsoning xizmatlari katta bo‘lgan. Bahovuddin Naqshbandning vafotidan so‘ng uning ishini Xo‘ja Muhammad Porso davom ettiradi. Naqshbandiya ta’limotining kengayishi va tashkiliy tuzilmasining mustahkamlanishida muhim ishlaf qiladi, ta’limotning olamshumul yutuqqa erishoshida hal qiliuvchi qadamlarni bosdi. Muhammad Porso o‘zidan insonni ma’naviy tarbiyalashning asosiy tamoyillarini qamrab olgan qimmatbaho qo‘lyozmalar qoldirdi, asarlarida insonlarni halollikka ijtimoiy-foydali mehnatga da’vat etgan. Muhammad Porso ta’limotni mo‘g‘ullar davrigacha bo‘lgan buyuk tasaffuf shayxlarining asarlari bilan boyitdi. Ungacha bunday ishni izdoshlaridan hech kim amalga oshira olmagan edi.

Xo‘ja Muhammad Porso buyuk olim va alloma, ko‘plab ilmiy hamda diniy asarlar muallifi. Hozirgi kunda butun dunyoda, jumladan, Toshkent, Buxoro va mamlakatimizning boshqa shaharlarida uning asarlari saqlanmoqda. U tasavvuf atamalati, so‘zlari, iboralariga sharh beruvchi 10 jildlik sharhlarni yozib qoldirgan bo‘lib, ularning 7 tasi hozirda ma’lum. Uning asarlari at-tasavvuf tarixi va masalalariga, ilmiy talqin qilishga, tariqatning o‘ziga xos xususiyatlari (dunyoni ilohiy anglash usuli)ga bag‘ishlanadi.

Xo‘ja Porsoning tashabbusi bilan masjid, madrasa, uning onasi va yaqinlari dafn etilgan maqbaradan iborat uning nomidagi me’morchilik majmuasi qad ko‘tardi. Bundan tashqari u Buxoroda bozor, hammom, kutubxona ham qurdirgan bo‘lib, inshootlar uning nomi bilan yuritilgan va aholining hurmatiga sazovor bo‘lgan.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring