Foto va Video

Hamma narsani unutish uchun qayerga borish kerak - Arnasoy ko‘llariga

2129

O‘zbekistonda inson qo‘li tegmagan, tabiati deyarli asl ko‘rinishida saqlanib qolgan juda ko‘p ajoyib joylar bor. Bunday so‘lim go‘shalar haqida kam sonli odamlar biladi va u yerga ko‘pchilik bormagan. Shunday hududlardan biri Aydar-Arnasoy oqmas ko‘llar tizimidir.Aydar-Arnasoy koʻllari Oʻzbekistonning Jizzax va Navoiy viloyatlari hududida joylashgan boʻlib, Ramsar konvensiyasining suv-botqoq yerlari roʻyxatiga kiritilgan. Bu yerlarning hayratlanarli, betakror manzaralariga qarab, bu maskan cho‘lning o‘rtasida, Arnasoy pasttekisligida: Och dasht va Qizilqum cho‘li o‘rtasida ekanligiga ishonish qiyin. Aydar-Arnasoy tizimiga Aydarkoʻl, Tuzkon va Sharqiy Arnasoy koʻllari kiradi. Ko‘llarning umumiy maydoni to‘rt ming kvadrat kilometrni tashkil qiladi.
Sharqiy Arnasoy koʻllari Jizzax viloyatidagi Chordaryo suv omboridan janubi-gʻarbda joylashgan. Oʻtgan asrning 50-yillarigacha Sharqiy Arnasoy koʻllarining o‘rnida qurib qolgan shoʻr koʻl boʻlgan, u pasttekislikda faqat bahorda paydo boʻlib, havo isishi bilan yana yoʻqolib qolgan.Och dashtning oʻzlashtirilgan yerlaridan kollektor-drenaj oqimi va Chordara suv omboridan oqib tushadigan sel suvlarining quyilishi natijasida vaziyat oʻzgardi. Bora-bora Arnasoy pasttekisligi to‘la boshladi, Aydar havzasi esa suvga to‘ldi. Shu tariqa Aydarko‘l ko‘li paydo bo‘ldi. 1969-yilda Chordara suv omboridan suv quyilishi natijasida Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi va Tuzkon koʻli vujudga keldi.Go‘zal manzarali maskan baliq va ko‘chmanchi qushlarning sevimli makoniga aylandi. Arnasoy koʻllarining qirgʻoqlarida qamish, turanga, chakan, yulg‘un kabi o‘simlilklardan iborat zich chakalakzorlarni koʻrish mumkin. O‘nlab turdagi qushlar, jumladan, baliqchi qushlar, qarqaralar, o‘rdaklar, haqqushlar va boshqalar chakalakzordan boshpana topadilar.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring