Toshkentning diniy yodgorliklaridan biri bu aholi orasida Xast-Imom nomi bilan mashhur Hazrati Imom ansamblidir. Maydon eski shaharning orqasida joylashgan bo‘lib, u 1966 yildagi kuchli zilziladan omon qolgan. Majmua olim va din arbobi, birinchi toshkentlik imom Kaffol ash Shoshiy dafn etilgan joyda qurilgan.
Majmua Tillashayx masjidi, Abu Bakr Kaffol Shoshiy maqbarasi, Baroqxon madrasasi va Imom al-Buxoriy Islom institutidan iborat.
Bu yerda tashrif buyuruvchilar uchun kutubxona ochilgan bo‘lib, u yerda sharq adabiyotiga oid ko‘plab qo‘lyozmalar to‘plangan, ular orasida uchinchi xalifa – Usmon Qurʼoni ham bor. VII asrda yozilgan ushbu kitob ko‘plab mamlakatlar bo‘ylab katta sayohat qilgan. Ushbu qadimiy muqaddas kitob anchayin katta bo‘lib, 353 ta pergament varaqlarni o‘z ichiga oladi.
Kitob Amir Temur davrida O‘zbekistonga keltirilgan. Rossiyalik olimlar ushbu kitobning haqiqiyligini o‘rganib, tasdiqlashgan.
Ansambl hududida olib kelingan turli xil antiqa o‘simliklar ekilgan, bahordan kuzga qadar esa Hast Imomda laylaklar uya qurishadi. Hast imom tunda, chiroqlar yoqilib, sharq ertagining xayolotini yaratganda ayniqsa go‘zaldir.
Xarita
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh
Zo'r ma'lumot bobdi baraka topinglar