Poykent qadimgi manzilgohi - Osiyo Pompeyi

1132

Bu Buxoro viloyatidagi o‘rta asrlarga oid Poykent qadimgi manzilgohining xarobalari. Ushbu betakror shahar ming yillar davomida cho‘l qumliklari ostida qolib ketgan, bu esa uning qoldiqlarini hozirgi kungacha saqlab qolishga yordam berdi. Aynan shu uchun arxeologlar bu hududni Osiyoning Pompeyi deb nomlashgan.

Tarixchilarning fikriga ko‘ra, so‘g‘d shahrining qadimiy qal’asida  odamlar birinchi ming yillikning boshlaridan yashay  boshlagan. O‘rta asrlarda bu yerda hukmdor saroyi, qadimiy ibodatxonalar va xo‘jalik qurilishlari joylashgan edi. Qal’aga tutash bo‘lgan va o‘z vaqtida eftalitlar yashagan ikkita ichki shahar (Shaxristonlar) minorali mustahkam devorlar bilan o‘ralganligi unga antik shahar maqomini bergan. Shaharning shimoliy qismida qabriston va zardushtiylik diniga oid ibodatxonalari bo‘lgan.

Somoniylar hukmronligi davrida shahar o‘z rivojining eng cho‘qqisiga chiqib, yirik savdo va hunarmandchilik markaziga aylandi. Qadimgi shahar atrofida ko‘plab karvonsaroylar paydo bo‘lib, ular Buxoroga sayohat qilgan ko‘plab savdogarlar uchun to‘xtash joyi vazifasini o‘tagan. Arxeologlar bu yerda XI asrga oid qadimiy jome masjidining qoldiqlarini topganlar. Ammo XI asrda Zarafshon daryosining sayozlanishi tufayli, Poykentga suv kelishi to‘xtagan, bu esa shaharning inqirozga uchrashiga sabab bo‘lgan. Asrlar o‘tgach bu yerlar sahroga aylandi, qum ostidagi xarobalar olimlarga qadimgi tarixning ulkan xazinasini bitta to‘plamga jamlashga yordam berdi.

Olimlar bu yerda qadimgi So‘g‘diyona madaniyatiga tegishli  noyob materiallarni topdilar: uch rangli rasm solingan sirlangan keramika,  kimyoviy tajribalar uchun ko‘k shisha buyumlar, atirlar va dori-darmonlarni saqlaydigan idishlar.

Ushbu go‘zallikning barchasini Poykent tarixi muzeyida ko‘rishingiz  mumkin.

Sharxlar

0

O‘z fikringizni qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Kirish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz

Shuningdek ko‘ring