Foto va Video

Qadimiy Varaxsha xarobalari

172

Qadimiy Buxoro meʼmoriy yodgorliklar makoni va olis tarix xazinasidir. Bu shahar kun sayin o‘zining ming yillik o‘tmishining yangidan-yangi tafsilotlarini ochib beradi.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi olimlari Nyu-York universiteti olimlari bilan hamkorlikda Buxoro viloyati Jondor tumanidagi Varaxshon massividagi arxeologik va madaniy meros obyektlarida tadqiqot olib bormoqda.

Aynan shu yerda noyob arxeologik yodgorlik – eramizning 1-ming yilligi boshlariga oid qadimiy Varaxsha manzilgohi joylashgan. Bu qadimiy qoʻrgʻonga ega boʻlgan maskan Buxoro vohasida arablar bostirib kelgunga qadar hukmronlik qilgan buxorxudotlarning asosiy qarorgohi hisoblanadi. Varaxsha qo‘rg‘oni arablarga qarshilik ko‘rsatishda muhim rol o‘ynagan, uning devorlari yaqinida katta va ulug‘ janglar bo‘lib o‘tgan.

Tarixchi Narshaxiy X asrda qadimiy Varaxsha shahri haqida shunday yozgan: “Bu yerda podshohlar qarorgohi bo‘lib, uning yonida mustahkam qal’a joylashgan edi, chunki podshohlar bu joyni bir necha bor mustahkamlaganlar. Qishloqning avvalgi devorlari Buxoro devorlari bilan barobar edi. Varaxshada 12 ta ariq (sug‘orish kanali) bor, qishloq Buxoro devori ichida joylashgan. Shuningdek, go‘zal saroy ham bo‘lgan, uning go‘zalligi tillarda doston bo‘lib, ming yillar muqaddam Buxorxudot tomonidan qurilgan. Varaxsha saroyining o‘zi bevosita qadimiy shaharning janubiy qal’a devorlari yaqinida, qal’aning g‘arbiy tomonda joylashgan. Saroy binosi milodiy V asrda qurilgan va IV asr boshlarigacha mavjud boʻlgan. Saroy binosi bir qatorda joylashgan katta tantanali zallardan iborat bo‘lib, ular go‘zal manzaralar bilan bezatilgan: podshohllar tasvirlangan podshoh qabullari va noyob hayvonlarni ovlash jarayonlari.


Dastlabki arxeologik qazishmalar vohada 1930-yillarda arxeolog V.A. Shishkin tomonidan olib borilgan.Yaqinda O‘zbekiston va AQSH olimlari tomonidan olib borilgan qazishmalardan so‘ng mis, bronza, kumush va qo‘rg‘oshindan yasalgan 100 dan ortiq metall buyumlar topilgan. Taxminlarga ko‘ra, buyumlar eramizning XI-XII asrlariga tegishli.

Ayni paytda bu buyumlar qayta ta’mirlanmoqda. Kelgusida bu buyumlarga O‘zbekiston madaniy merosi laboratoriyasida zaruriy ishlov beriladi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring