“Jasorat” monumenti – qatʼiyat va qahramonlik timsoli

3838

Bunday qiyin davrda yuz minglab odamlar bir-birini qo‘llab-quvvatlash uchun bahamjihat bo‘lishadi. Faqat birgalikdagi saʼy-harakatlar, do‘stlik va o‘zaro yordam orqali biz barcha muammolarni yenga olamiz.

Vaqtinchalik qiyinchiliklar bir necha bor o‘zbek xalqini mag‘lub qilishga harakat qilgan. 1966- yil 26- aprelda mahalliy vaqt bilan soat 05: 23 da sodir bo‘lgan Toshkent zilzilasi bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

Fojia butun mamlakatni larzaga keltirdi. Zilzila yuzlab uylarni vayron qildi, Toshkentning markazi esa eng ko‘p zarar ko‘rdi. 300 mingdan ortiq odamlar boshpanasiz qoldi va chodirlarda yashashga majbur bo‘lishdi. Ittifoq respublikalari tomonidan ko‘rsatilgan do‘stona yordam tufayli ulkan bir loyiha amalga oshirildi, uning doirasida deyarli butun shahar qayta qurildi, shuningdek, yangi kichik nohiyalar- mikrorayonlar- qurildi. Ushbu voqea sharafiga 1976 yil 20 mayda Toshkentda “Jasorat” monumenti o‘rnatildi. Yodgorlikni haykaltarosh va rassom Dmitriy Ryabichev yaratgan.

Yodgorlikning asosiy g‘oyasi - bu do‘stlik, odamlarning mustahkam irodasi va jasoratidir. Qora granit kub badiiy tasvirda keltirilgan. Unda soat millari va fojia yuz bergan sana va yil tasvirlangan bo‘lib, kub o‘rtasidagi bo‘linish zilzila timsoli sifatida namoyish qilingan. Yoriq iz qora kubda chizilgan oila rasmiga borib taqaladi. Bu yerda bir qo‘li bilan bolani ushlab turgan ayolni va erkakning qo‘llari bilan himoya qiluvchi ishorasini ko‘rishimiz mumkin.

Bareleflar kompozitsiyani to‘ldirib yakunlaydi. Ular yodgorlik uchun fon bo‘lib xizmat qiladi va yarim doira shaklida joylashtirilgan. Barelyeflarda shaharni qayta qurishda fidokorona yordam bergan jasoratli odamlarni ko‘rishingiz mumkin.

“Jasorat” monumenti shaharning muhim diqqatga sazovor joylaridan biridir. Bu yerni yangi kelin va kuyovlar gullar bilan ziyorat qilishadi, poytaxtni ko‘rishga kelgan mehmonlar ham ushbu monumentga tashrif buyurishadi. Yoshu - qari yodgorlik yonida dam olishni yaxshi ko‘radilar. Kuchli iroda, vaqtinchalik qiyinchiliklarni yengib o‘tish hamda kelajakka umid bilan qarashda Jasorat monumenti barchaga yaxshi namuna bo‘lib kelmoqda.

Xarita

Onlayn sayohat

 

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring