Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizning Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.
O‘zbekiston ming yillik madaniyati, qiziqarli an’analari va o‘ziga xos xalq og‘zaki ijodiga ega ajoyib o‘lkadir. O‘zbek xalqi azaldan yirik bayram va tadbirlarda haqiqiy erkaklarning g‘ayrioddiy turniri – ko‘pkari yoki uloq o‘tkazib keladi.
Ko‘pkari –ta’sirchan tomoshabinning qalbini junbushga keltiradigan hayajonli bellashuv. Tomoshabopligi nuqtai nazaridan ko‘pkari musobaqasini ispan ensyerrosi va buqalar ishtirokidagi Amerika rodeosi bilan taqqoslash mumkin. Minglab chavandozlar chang-to‘zon ichida, mardlarcha, ishtiyoq bilan yangi so‘yilgan yosh echki yoki qo‘chqorning tanasi (uloq) uchun kurashadilar.
O‘yinlarda hamma ham qatnasha olmaydi, faqat yaxshi o‘rgatilgan otda jismonan baquvvat va epchil chavandoz ishtirok eta oladi. Chaqqon, chidamli, shijoatli o‘yinchilar g‘olib bo'ladilar. Shuningdek, har qanday ot ham bunday musobaqaga mos kelavermaydi. Qoida tariqasida, odatda, ko‘pkarida nufuzli qorabayir zotidan bo‘lgan otlar qatnashadi. Bunday otlar alohida e'tibor va parvarish talab qiladi. Ular tanani to‘g‘ri tutish, raqiblar qurshovidan chiqib ketish va kerakli tezlikda chopishga o‘rgatiladi. Uloqchi otning qishda sovqotishi yoki issiqdan azob chekishiga yo‘l qo‘yish mumkin emas, uning ozuqasi muvozanatlashtirilgan ratsionga ega bo‘lishi kerak hamda qorabayir o‘z vaqtida toza havoda yugurishi zarurdir.
Ko‘pkari boshlanishidan oldin “maslahat” kengashi yig‘ilib, tashkiliy masalalar hal qilinadi, ya’ni sovrinlar va musobaqa o‘tkaziladigan joy belgilanadi. Qoidaga ko‘ra, o‘yin qishloqda, tepaliklar bilan o‘ralgan keng tekislikda bo‘lib o‘tadi. Bu tomoshabinlar tepalikda o‘tirib, o‘yinni kuzatib borishlari uchun qulaydir. Shuningdek,uloq uchun qo‘chqor yoki echki tayyorlab olinadi: jigari va yuragidan tashqari, barcha ichki a’zolari olib tashlanib, oyoqlari tizzagacha chopib tashlanadi. Tana go‘shtining vazni 50 kilogrammdan oshmasligi kerak, agar u belgilangan vazndan kam bo‘lsa, tana go‘shtiga tuz yoki tuproq qo‘shiladi.
Musobaqa ishtirokchilari maxsus qavilgan chopon va himoyalovchi bosh kiyimi kiyishadi. O‘yin boshlanishidan oldin bakovul (hakam) sovrinni e'lon qiladi va belgilangan doiraning o‘rtasiga qo‘chqor yoki echkining (uloq) tana go‘shtini qo‘yadi, shundan so‘ng musobaqa boshlanadi. Ot ustidagi barcha ishtirokchilar uloqni olish va marraga yetkazish uchun davraga shoshiladilar. Faqat eng chaqqon, epchil va chapdast chavandoz olomondan o‘tib, o‘ljani qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ladi. Keyin chavandoz o‘z o‘ljasini marra chizig‘iga yetkazish uchun shoshiladi. Ayni paytda o‘nlab ishtirokchilar undan qimmatbaho uloqni tortib olishga harakat qiladilar. Shu bilan birga, turnirning barcha qoidalariga rioya qilinadi, birinchi navbatda, g‘alabaning halol bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi.
G‘olibga tantanali ravishda sovrinlar topshiriladi va endi u o‘z hududida mashhurlikka erishadi, mahallasida esa hurmat va obro‘ qozonadi.
Ko‘pkari musobaqasi o‘zbek xalqining qadimdan yetib kelgan boy madaniyati, etnosporti bilan yaqindan tanishish uchun yana bir sababdir.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
ПОЛЬЗОВАТЕЛЬСКОЕ СОГЛАШЕНИЕ
1. Определение
Настоящее Пользовательское соглашение (далее — Соглашение) является Публичной офертой в соответствии со статьёй 367 Гражданского кодекса Республики Узбекистан от 21.12.1995 (https://lex.uz/ru/docs/111181#162763) и регулирует порядок использования материалов и Сервисов сайта Государственного унитарного предприятия «Национальный PR-центр» (далее — Предприятие), размещённого на веб-сайте и поддоменах Национального Туристического Информационного Центра: https://uzbekistan.travel/ (далее — Сайт).
Посетитель и (или) Пользователь подтверждает, что ознакомлен, полностью и безоговорочно принимает все условия настоящего Соглашения и обязуется их соблюдать.
Использование Сайта Пользователем означает полное принятие данного Соглашения «как есть» в форме акцепта.
Соглашение вступает в силу с момента посещения любой страницы Сайта и (или) регистрации на Сайте и действует бессрочно во время пользования Сервисами Сайта.
Настоящее Соглашение обязательно для исполнения всеми Посетителями и Пользователями без каких-либо изъятий и дополнительных согласований.
Пользователь обязуется самостоятельно проверять актуальную редакцию Соглашения на Сайте перед использованием Сервисов.
2. Предмет Соглашения
Предметом настоящего Соглашения являются правила использования материалов Сайта и предоставление Посетителю и (или) Пользователю возможности использования Сервисов Сайта.
Предприятие является правообладателем исключительных прав на Сайт в целом и на его составные части, включая все виды контента: логотипы, товарные знаки, тексты, статьи, аннотации, иллюстрации, фотографии, графику, аудио- и видеофайлы, пользовательские интерфейсы, дизайн, структуру, программы, базы данных.
Я прочитал(а) и соглашаюсь с условиями использования сайта и политикой конфиденциальности.