Foto va Video

Londonda o'tkaziladigan Birinchi O'zbekiston madaniyati va taomlari festivaliga marhamat!

12.06.2023 650

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi diplomatik aloqalarni yanada mustahkamlash, turizm va madaniyat almashinuvini yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligi,  “Oshpaz” Jamoasi, Buyuk Britaniyadagi O‘zbekiston Elchixonasi bilan birgalikda, joriy yilning 17-18-iyun kunlari Yevropada ilk bor, keng miqyosda “O‘zbekiston madaniyati festivali” va mazkur Festival doirasida “O‘zbekiston madaniyati kunlari" o‘tkaziladi.

Festival O‘zbek san’ati, madaniyati, an’analari bilan yaqindan tanishtirish, qadriyatlarimizni keng targ'ib qilish, o‘zaro diplomatik aloqalarda mustahkamlik o‘rnatish hamda tashqi turizmni rivojlantirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Mazkur tadbir Londonning ramzi bo‘lmish “Tower Bridge” yonida, ya’ni Temza daryosi bo‘yidagi “Potters Fields” bog‘ida bo‘lib o‘tadi.

Manba: Madaniyat.uz

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing