Mazlumxon suluv maqbarasi

441

Mazlumxon suluv (XII-XIV asrlar) yarim yer-osti me’moriy obidalaridan hisoblanadi. Yerning sirtqi qismida peshtoq va gumgaz joylashgan. Yodgorlikning asosiy qismi va markaziy binolari esa pastki qavatda bo‘lib, unga zinali gumbazsimon yo‘lak orqali borish mumkin. Maqbaraning markaziy zali kvadrat shaklida qurilgan. Uning sakkizburchak gumbaz bilan yopilgan uchta chuqur va bitta uncha chuqur bo‘lmagan tuynuklari bor.

1930-yillarning boshida rus sharqshunosi Nekrasov mayolika bilan bezatilgan yaxlit qabr toshini topdi. Toshnig ustiga fors tilida she’rdan bir misra saqlanib qolgan edi: “O mening yaqin insonim… Men bilan faxrlan! Meni ushbu tuproq hujrada baxtsiz deb o‘ylama. Shuni bilki, men eng yaqin ibodatxonaman va meni jannatning tarki dunyo qilgan kishisi deb hisobla, Jannat huri… ”

Mazlumxon suluv maqbarasiga oid juda chiroyli afsona mavjud. Kunlardan bir kun, mahalliy hukmdorlardan biri kimki g‘ayrioddiy narsa yaratib, dunyoni lol qoldirsa o‘z qizini berishga qaror qildi. Oshiq yigit qizga yer osti binosi qurib, uning gumbazini yerning sirtida qoldiradi. Shunda hukmdor yigitdan, hali bitmagan gumbazdan o‘zini pastga tashlab, o‘z sevgisini isbotlashini so‘raydi. Yigit o‘zini tashlaydi…

Maqbaradagi ikki qabr Mazlum va uning sevgilisiga tegishli, deyishadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring