Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Mehrjon - hosil bayrami

19

Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy o‘zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida: “Quyosh va Oy osmonning ikki ko‘zi bo‘lganidek, Navro‘z va Mehrjon zamonning ikki ko‘zidir”, deb yozgan. Mehrjon bayrami ham Navro‘z kabi juda qadim zamonlardan buyon dehqon va chorvadorlarning eng ulug‘ bayramlaridan biri bo‘lib kelgan. U 23-sentyabrdan 22-oktyabrga qadar bir oy davomida nishonlangan.

Navro‘z yangi yilning boshlanishi bo‘lsa, Mehrjon yilning yakuni, hosil bayrami va qishga tayyorgarlikdir. Qadimda bu bayram alohida ahamiyatga ega bo‘lib, keng nishonlangan. Hozirgi kunda Mehrjon ilgarigidek keng nishonlanmasa-da, ba’zi tadbirlar va urf-odatlar saqlanib qolgan, masalan, Birinchi chanoq, Paxta bayrami, Hosil bayrami. Odatda, bunday tadbirlar dehqonlar hosilni to‘liq yig‘ib olgandan so‘ng o‘tkaziladi. Sayillar, bayram ziyofatlari, hosil ko‘rgazmalari uyushtiriladi. Barchasi raqqosalar, dorbozlar, karnay-surnay kabi milliy cholg‘u asboblarida ijro etuvchi musiqachilarning chiqishlari bilan birga kechadi.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar