Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Mevazor bog‘lar

1010

O‘zbekiston buyuk allomalar, Sharq me’morchiligi durdonalari va ajoyib mevali bog‘lar vatani. Ushbu unumdor o‘lkaga yilning deyarli har qanday faslida kelib, siz chinakam mevalar va gullar jannatiga duch kelasiz.

Xushbo‘y qulupnaylar, yetilib pishgan sersuv olcha va giloslar, tillarang o‘rik, bolday shirin shaftoli va nektarlar, xushbo‘y qovun va tarvuzlar, rang-barang uzum boshlari, sharbat sachratib turgan olma va noklar, olxo‘rilar, anorlar - ba’zan tabiatimizning bu mo‘l-ko‘l ne’matlaridan boshingiz aylanib ketadi. Bahor kelishi bilan bozor rastalari ko‘plab mevalar - mo‘l hosilning mevalari bilan to‘ladi.

O‘zbekiston hududlari orasida Farg‘ona vodiysi haqiqiy mevazor jannat hisoblanadi. XII asrdayoq venetsiyalik tarixchi va sayyoh Marko Polo o‘z asarlarida: “Farg‘ona mevalari Xitoydan tortib to Vizantiyagacha hamma joyda ma’lum, ayniqsa, katta odamning mushtidek keladigan, kuzda shirasi ko‘pligidan yorilib ketgan anorlar ularni sotib olish istagini uyg‘otadi”, - deb yozgan edi.

O‘zining qulay mo‘tadil iqlimi va yaxshi joylashuvi, eng muhimi, mahalliy aholining mehnatsevarligi va ona zaminga bo‘lgan muhabbati tufayli bu yerda deyarli yil davomida dunyodagi eng yaxshi meva va sabzavotlar yetishtiriladi. Yaqinda Farg‘ona viloyatidagi UzAgroFood meva bog‘larining mahalliy fermerlari yangi sug‘orish texnologiyalarini qo‘llay boshladilar va ekzotik mevalar - limon, mandarin, apelsin, banan va hatto papayya yetishtirishni yo‘lga qo‘ydilar.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar