"Mo‘ynoq" o‘tov lageri

2144

Bugungi dunyoda odam ko‘pincha muntazam shovqin-suron va hovliqma hayotdan uyg‘unlikni topish, biroz fikrni jamlash va abadiylik haqida o‘ylash mumkin bo‘lgan yerga qisqa vaqtga qochib qutulishni istaydi. Bunday sayohat uchun eng mos joy bu Mo‘ynoq – Orol dengizining qurigan sohilida joylashgan port shahridir.

Bu yerga kelib, siz ushbu o‘lkaning tabiatini chuqur his etish va sahroning o‘rtasida yulduzli osmondan miriqib zavqlanish uchun “Mo‘ynoq” o‘tov lagerida to‘xtashingiz mumkin.

Lager qurigan Orol dengizi bo‘yida joylashgan. Bu yerda ovqatlanishingiz yoki hordiq chiqarishingiz mumkin bo‘lgan 5 ta o‘tov va supalar o‘rnatilgan.

Lagerdan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda afsonaviy Kemalar qabristoni va Orol dengizi muzeyi joylashgan.

Xarita

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring