Namangan viloyati hududida ichki, ziyorat va arxeologik turizm yo'nalishlari bo'yicha tur dasturi

1-KUN - G'arbiy yo'nalish
Chortoq, Davlatobod va To'raqo'rg'on tumanlari
- 08:00-09:30 - Mehmonlarni kutib olish (nonushta). Chortoqqa jo'nash.
- 09:30-10:30 - Chortoqqa yetib borish. "Sulton Uvays Qoraniy" ziyoratgohiga tashrif.
- 10:30-11:30 - "Bibi Naima" ziyoratgohiga tashrif.
- 11:30-13:00 - Davlatobod tumanidagi "Un bir Ahmad" arxeologik yodgorligiga tashrif.
- 13:00-14:30 - Tushlik.
- 14:30-15:30 - To'raqo'rg'on tumanidagi ochiq osmon ostidagi "Axsikent" arxeologik yodgorligiga tashrif.
- 15:30-16:00 - To'raqo'rg'on tumanidagi Isokhon To'ra Ibrat muzeyiga tashrif.
- 18:00 - Namangan shahriga qaytish va mehmonxonaga joylashish.
- 19:00-20:00 - Kechki ovqat.
2-KUN - Shimoliy yo'nalish
Chust tumani
- 07:30-08:30 - Mehmonxonada nonushta. Chust tumaniga jo'nash.
- 09:30-11:30 - Mavlono Lutfullaxon maqbarasiga tashrif.
- 11:30-13:00 - "Bibi Ona" ziyoratgohiga tashrif.
- 13:00-14:30 - Tushlik.
- 14:30-17:30 - Chust pichoqchilik hunarmandchilik markaziga tashrif.
- 17:30-18:30 - Kechki ovqat.
- 19:00 - Namangan shahriga qaytish va mehmonxonaga joylashish.
3-KUN - Sharqiy yo'nalish
Pop tumani
- 07:30-08:30 - Mehmonxonada nonushta. Pop tumaniga jo'nash.
- 09:30-10:30 - "Chur-Chur Momo" ziyoratgohiga tashrif ("Ona ko'zi").
- 10:30-13:00 - "Arshan buloq" ziyoratgohiga tashrif (issiq buloq).
- 13:00-14:30 - Tushlik.
- 14:30-16:00 - "Langar Aziz buva" ziyoratgohiga tashrif.
- 17:00 - Namangan shahriga qaytish va mehmonxonaga joylashish.
Eslatma: Sayohat kunlari 1 yoki 2 kunga o'zgartirilishi mumkin. Sayohat vaqti va manzillar sharoitga qarab o'zgarishi mumkin. Sayohatlarni tashkil etishda mahalliy tur-operatorlar xizmatlaridan foydalanish mumkin.
O'zbekiston bo'ylab qulay, xotirjam va xavfsiz sayohat qilmoqchimisiz?
Imkoniyati cheklangan sayohatchilar uchun mos marshrutlar va turpaketlar bo'yicha yordam beramiz: so'rovingizni qabul qilamiz, muhim talablarni aniqlaymiz va uni turistik operatorlarga yetkazamiz — ular sizning ehtiyojlaringizdan kelib chiqib, transport, joylashuv va tashriflar dasturi bo'yicha mos variantlarni taklif qiladi.
Qayerga bormoqchisiz, necha kunga, necha kishi va siz uchun qaysi qulayliklar muhim — yozib qoldiring.
Telegram: @uzbtravelsupport
Telefon: +998 99 444 11 90
Email: info@nationalprcentre.com
Izoh