Namanganda 63-xalqaro gullar festivali bo‘lib o‘tadi

15.05.2024 343

Namanganda 19-maydan 23-iyunga qadar xalqaro gullar festivali bo‘lib o‘tadi. Oltmish uchinchi bor oʻtkaziladigan festivalga 3 millionga yaqin mehmonlar tashrifi kutilmoqda. Tadbir Turizm qo‘mitasi va Namangan viloyati hokimligining turizm boshqarmasi hamkorligida tashkil etiladi.

Festival an’anaviy avtoparad bilan boshlanadi. Tabiiy gullar bilan bezatilgan 200 dan ortiq turli rusumdagi avtomashinalar viloyat markazining asosiy ko‘chalari bo‘ylab Namangan xalqaro aeroporti oldidan Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i oldigacha bo‘lgan 10 kilometrdan ziyodroq yo‘lni bosib o‘tadi.

Bu yil festivalga 40 dan ortiq mamlakatdan mehmonlar tashrifi kutilmoqda. Ular orasida diplomatik korpus vakillari, Namangan bilan birodarlashgan viloyat va shaharlar mutasaddilari, hamkor qoʻshma korxonalarning chet ellik rahbarlari ham qatnashishi rejalashtirilgan.

Qolaversa, go‘zallik va nafosat bayramida Hindiston, Xitoy, Gollandiya, Turkiya, Ozarbayjon, Yaponiya va Janubiy Koreya davlatlari o‘z gulchilari, gullari va gullar bilan bezalgan maydonlari bilan ishtirok etadilar.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing