O‘zbekistonning “Euronews” xalqaro telekanali bilan davom etayotgan hamkorligi doirasida telekanal veb-saytida jahon auditoriyasini ipakchilikning noyob texnikasi va tarixi bilan tanishtiruvchi «Unraveling the art of silk production in Uzbekistan» (“O‘zbekistonning ipakchilik san’atini kashf qilish) nomli ikkinchi maqola chop etildi.
Maqolada asrlar davomida mamlakatning tashrif qog‘ozlaridan biri bo‘lib kelgan o‘zbek ipakchiligi negizida yotgan jarayonlar haqida batafsil ma’lumot beriladi. “Euronews” ipak qurti yetishtirishdan tortib, tayyor matolar yaratishgacha bo‘lgan an’anaviy usullar yordamida ipak qanday ishlab chiqarilishi haqida so‘z yuritadi. Bu murakkab sanʼat avloddan-avlodga oʻtib, muhim madaniy va iqtisodiy ahamiyatini saqlab qolgan.
Yevropaning 24 soatlik “Euronews” axborot kanali saytida mazkur maqolaning e’lon qilinishi O‘zbekistonning jahon miqyosida ijobiy imijini mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ldi. Mahalliy hunarmandchilik va madaniy merosni yoritish mamlakatning boy tarixi va o‘ziga xos an’analari haqida ko‘proq bilishni istagan sayyohlarning e’tiborini tortadi.
Maqolaning toʻliq versiyasini havola orqali oʻqishingiz mumkin.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh