Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Navro‘z - bahorgi tengkunlik bayrami

19

Navro‘z - bahor bayrami bo‘lib, sharq taqvimiga ko‘ra yangi yilning boshlanishi sifatida 21-mart kuni nishonlanadi. O‘rta asr olimlari bayram miloddan avvalgi III ming yillikda paydo bo‘lgan deb hisoblashgan. Biroq hozirgi zamon tarixchilari Navro‘zning paydo bo‘lishini ancha qadimgi davrga, taxminan miloddan avvalgi X ming yillikka taalluqli deb hisoblashadi. Bu kun haqida Abu Rayhon Beruniy o‘z asarlarida yozib qoldirgan bo‘lib, u bayram an’analari va kelib chiqishi haqida qimmatli ma’lumotlar keltirgan.

Bugungi kunda ham ushbu muqaddas kunga katta e’tibor qaratilmoqda. Yurtimiz bo‘ylab Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan xalq sayillari, sirk tomoshalari, festivallar, ko‘rik-tanlovlar, konsertlar, teatr tomoshalari, viktorinalar o‘tkazilmoqda. Bayram arafasidagi barcha urf-odatlar albatta saqlanib qolinadi. Navro‘zga oldindan tayyorgarlik ko‘riladi: hashar - ko‘chalar, hovlilar, binolarni jamoaviy tozalash, ko‘kalamzorlashtirish, gullar, daraxtlar ekish, Xudoyi darveshona - xayriya tadbirlari uyushtiriladi.

Qadimgi davrlarda juda qiziqarli an’ana bo‘lgan. Navro‘z bayrami oxirgi oy bo‘lgan Hut – Baliq baliq oyida boshlanib, “Qozon to‘ldi” odatiga ko‘ra, uydagi barcha idishlar suv bilan to‘ldirilgan, qozonda esa oilaning sevimli taomi tayyorlangan, shunday qilib qozon to‘la bo‘lgan. Ba’zi oilalar hozirgi kunda ham shunday odatga amal qiladilar. Bu odat yil davomida to‘q yashashga va mo‘l hosil olishga yordam beradi deb ishonishgan.

Bayram taomlarining eng tansig‘i va sevimlisi sumalakdir. Uni risoladagidek tayyorlash uchun bir qator qoidalarga rioya qilish lozim. Sumalak tayyorlash doimo juda quvonchli voqea bo‘lib, jarayonda butun mahalla ishtirok etadi. Tayyorgarlik paytida milliy qo‘shiqlar aytiladi, raqsga tushiladi, mahalliy rivoyatlar so‘zlanadi. Sumalakni kovlash jarayonida barcha o‘zining ezgu niyatlarini aytadi. Sumalak tayyor bo‘lgach, mehr-u oqibat va do‘stlik ramzi sifatida atrofdagi barcha odamlarga tarqatiladi.

Navro‘zda dam olish, xursandchilik qilish, bir-birlarnikiga mehmonga borish va sovg‘alar ulashish, varrak uchirish, xo‘roz urishtirish, kurash va ko‘pkari kabi milliy o‘yinlar va sport musobaqalarini o‘tkazish odat tusiga kirgan. Har bir oila to‘kin dasturxon atrofida yig‘iladi. Palov, non, shirinliklar, sumalak, halim, somsa va boshqa milliy taomlar dasturxonda albatta bo‘lishi shart.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar