Tog‘lar har doim o‘zining jozibali ko‘rinishi, go‘zalligi va cheksizligi bilan odamlarni o‘ziga jalb qilgan. Samarqand shahridan atigi 15 km. uzoqlikda go‘zal manzarali Og‘alik tog‘lari joylashgan. Ular xuddi shu nomdagi qishloq va Og‘aliksoy daryosi bilan uyg‘unlikda tog‘ manzarasining o‘ziga xos ko‘rinishini yaratadilar.
Tog‘larning o‘rtacha balandligi 400 metrni, Og‘alik tog‘larining eng baland cho‘qqisi - Kemqo‘tan tog‘ning balandligi 2178 metrni tashkil etadi.
Tog‘li tizmalar hududida g‘alati shakldagi tosh oqimlar, ko‘plab soylar va irmoqlar, gullab turgan lolazorlar va Devsharshara sharsharasi uchrashi mumkin. Ushbu sharsharaning joylashishi qiziqish uyg‘otadi. U go‘yo ko‘zdan yashirinayotgandek, uni faqat oqayotgan suvning tovushi oshkor qiladi. Tog‘ning kichik bir darasida sharshara bor, uning balandligi 8 metrga etadi. Sharshara suvi yeyilib ketgan toshlar va murakkab tog‘ jinslari orasidan o‘ziga tabiiy suv havzasi sari yo‘l ochib harakatlanadi.
Og‘alik tog‘lari dengiz sathidan 800 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, bu yerdagi havo shifobaxsh xususiyatlarga ega. Tog‘ havosi nafas yo‘llari, yurak-qon tomir va asab tizimlariga foydali taʼsir ko‘rsatishi isbotlangan. Tog‘ tizmasi bo‘ylab mustaqil ravishda sayohat qilish mumkin. Bu yerda lager jihozlab, toqqa chiqish imkoniyati mavjud. Shuningdek, hududda bir nechta sanatoriylar, shu jumladan ixtisoslashgan dam olish maskanlari bor.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh
Albatta boraman!🤩
Manzili qayerda