Foto va Video

Oila davrasida dam olish uchun TOP-5 yoʻnalish

07.04.2023 1085

Bahor faslining o‘rtasida O‘zbekiston bahorining go‘zal ko‘rinishlari, yorqin va rang-barang manzaralaridan bahramand bo‘lish uchun tabiat qo‘yniga borish istagi tug‘iladi.

Biz Sizga dam olish kunlarida nafaqat Toshkentdagi, balki go‘zal Vatanimizning shaharlari chekkalaridagi borish mumkin bo‘lgan joylar tanlovini ham taklif etamiz.

1.Kumushkon, Toshkent viloyati

Kumushkon - mahalliy sog‘lomlashtirish kurorti va ko‘plab sayyohlar uchun mashhur dam olish maskani. Toza tog‘ havosi, tiniq suvli soylar va hovuzlar - bu ushbu maskan maqtana oladigan jihatlarning hammasi emas.

Toshkentdan masofa - 50 km.

Nimalarni ko‘rish mumkin - dam olish maskani va “Kumushkon” sanatoriysi, Hazrati Ali buva majmuasi.

2.Parkent, Toshkent viloyati

Bahor kelishi bilan Toshkent viloyatining tog‘lari gullab-yashnagan chinakam ertaknamo jannatga aylanadi. Toshkentliklar orasida ommalashgan joylar ichida Parkent tumani, So‘qoq tog‘lari bor. Minglab odamlar So‘qoqning mashhur ko‘k somsa va mador somsa gastronomik brendlari, shuningdek, So‘qoqning shirali kaboblaridan bahramand bo‘lish uchun bu yerga kelishadi.

Toshkentdan uzoqligi - 50-55 km.

Nimani ko‘rish mumkin - Kumushkon sayyohlik qishlog‘i, So‘qoq tog‘lari, Shato Hamkor (Chateau Hamkor) uzumzorlari, Fizika-Quyosh instituti, Chashma tog‘ bulog‘i.

3.Samarqand viloyati, Konigil qishlog‘i

Samarqanddan atigi 13 km. uzoqlikda bir ajoyib maskan - Konigil sayyohlik qishlog‘i bor. Bu joy o‘zining noyob hunarmandchilik an’analari, betakror tabiati, sersoya daraxtlari, yaqin atrofdan oqib o‘tadigan Siyob daryosi bilan mashhur. Ammo, bu go‘shaning asosiy diqqatga sazovor joyi noyob qog‘oz ishlab chiqarishni amalga oshiradigan “Meros” fabrikasidir.

Toshkentdan E-123/E-40 va M-39 avtomobil yo‘llari bo‘ylab - 298,5 km.

Nimalarni ko‘rish mumkin: “Meros” qog‘oz fabrikasi, suv tegirmoni, Siyob daryosidagi ondatralar.

4.Navoiy viloyati, Sentob qishlog‘i

Navoiy viloyatidagi Nurota tog‘lari bilan Qizilqum cho‘li oralig‘ida kichik Sentob qishlog‘i joylashgan. Shahardan uzoqda joylashganligi sababli qishloq o‘zining asl qiyofasini va yaqinda turistik qishloq maqomini olgan O‘rta Osiyo qishlog‘ining an’anaviy qiyofasini saqlab qolgan.

Toshkentdan masofa - E-123/E-40 va R-36 avtomobil yo‘llari bo‘ylab 319,6 km

Nimani ko‘rish mumkin: Sarmishsoy darasidagi petrogliflar, Aydarko‘l ko‘li

5.Shohimardon, Farg‘ona viloyati

Mamlakatning sharqiy chegarasida, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi betakror va go‘zal joylardan biri, Farg‘onadan 55 km uzoqlikda joylashgan, yurtimizning ajoyib tog‘li eksklavi . Shohimardon qirg‘iz hududi bilan o‘ralgan va dengiz sathidan 1550 metr balandlikda joylashgan.

Farg‘onadan masofa 55 km. Toshkentdan Farg‘onagacha 315 km.

Nimalarni ko‘rish mumkin: Moviy Qurbonko‘l ko‘li, Xazrat Ali majmuasi.


Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing