So‘nggi paytlarda O‘zbekiston sayyohlar orasida mashhurligi bilan jahon hamjamiyatida katta qiziqish uyg‘otmoqda. “Lonely Planet” xalqaro nashriyot kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonning turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida reklama kampaniyasining yo‘lga qo‘yilgani bu boradagi e’tiborga molik voqealardan biridir.
“Lonely Planet” “Best in Travel 2024” loyihasi doirasida O‘zbekistonda turizm sohasini yanada rivojlantirish hamda AQSH, Kanada, Avstraliya, Xitoy, Yaponiya, Malayziya, Buyuk Britaniya, Bahrayn, Quvayt, Ummon, Qatar, Saudiya Arabistoni, BAA va Yevropa davlatlarida turizm salohiyatini keng targ‘ib etishga qaratilgan bir qancha loyihalarni amalga oshirmoqda.
Xalqaro kompaniya tomonidan boshlangan reklama kampaniyasi O‘zbekistonning noyob madaniy va tarixiy qadamjolari bilan tanishtiradi. Kampaniya qadimiy Samarqand va Buxoro shaharlaridan tortib, zamonaviy poytaxt Toshkentgacha bo‘lgan yo‘nalishlarda O‘zbekistonni sayohatchilar ko‘rishi shart bo‘lgan manzil ekanligining ko‘plab sabablarini ko‘rsatib beradi. Kampaniyaning asosiy xususiyatlaridan biri mamlakatning boy madaniy merosiga alohida e’tibor qaratilganligidir.
Umuman olganda, ushbu loyihaning ishga tushirilishi O‘zbekiston turizm sanoati uchun muhim voqea bo‘ldi. “Lonely Planet” xalqaro nashriyot kompaniyasidan foydalanish nufuzli va katta ta’sir kuchiga ega xalqaro auditoriyada O‘zbekistonga nisbatan xayrixohlikni kuchaytiradi va kelgusi yillarda O‘zbekistonga yanada ko‘proq xorijiy sayyohlarni jalb qiladi.
Ma’lumot uchun:
Dunyoga mashhur “Lonely Planet” xalqaro nashriyot kompaniyasi 1972-yilda Avstraliyada tashkil etilgan bo‘lib, turizmga ixtisoslashgan nashriyot hisoblanadi. U 2007-yildan buyon BBC Worldwide guruhiga kiritilgan. Har yili 500 dan ortiq nashrlar, kitoblar va qo‘llanmalar chop etiladi va yillik tiraji 6 million nusxadan oshadi. 2018-yilda O‘zbekiston bu ro‘yxatga ilk bor kiritilib, Janubiy Koreyadan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi. E’tiborlisi, mamlakatimiz jozibadorligi bo‘yicha Vyetnam, Yaponiya, Tailand, Nepal, Shri-Lanka, Xitoy, Indoneziya kabi davlatlarni ortda qoldirdi.
Batafsil ma'lumot olish uchun ushbu havola orqali o'ting: https://www.lonelyplanet.com/best-in-travel
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh