Foto va Video

Talabalarga poyezd chiptalari uchun 50 foizli chegirma beriladi

12.12.2023 207

Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qishki ta’til mobaynida mahalliy yo‘nalishdagi qatnovlar uchun “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasi chegirmalar e'lon qildi.

Qayd etilishicha, 50 foizli chegirma 25-dekabrdan 7-yanvarga qadar barcha mahalliy yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdlar uchun amal qiladi. Biroq u SV/VIP klass vagonlari va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdi biletlari uchun qo‘llanmaydi.

Chiptalarni sotib olish uchun pasport bilan temiryo‘l kassalariga borish yoki elektron tarzda eticket.railway.uz saytidan foydalanish mumkin.

Hozirgi kunda Toshkent — Urganch, Toshkent — Nukus, Toshkent — Samarqand, Toshkent — Qarshi yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:

  • aloqa markazi: 1005;
  • ishonch telefoni: +998 71 299 94 50.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uzbekistan Airways tomonidan qishki ta’til munosabati bilan o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida o‘quvchi talabalarga 23-dekabrdan 7-yanvargacha 50 foizli chegirma berilishi xabar qilingandi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing