Foto va Video

Xo‘ja Nasriddin haqida animatsion film suratga olindi

04.08.2022 1057

Joriy yilning 1-iyulidan 15-avgustiga qadar Rossiyaning Bazelevs kinokompaniyasi yurtimizning Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlarida joylashgan qadimiy maskanlarni animatsion holda shakllantirish uchun suratga oldi.

Bularning barchasi yaqin kunlarda efir yuzini ko‘rishi rejalashtirilgan “Xo‘ja Nasriddin” animatsion to‘liq metrajli filmini haqiqatga yaqin va professional tarzda namoyish etishdir.

Xo‘ja Nasriddin afandi – aqlli, sho‘x va hazilkash, hiyla-nayranglarni ayyorona ishlatib, insoniyatning yomon illatlariga qarshi kurashgan bu sharqona qahramon to‘g‘risida ko‘pchilik afsonalarda, latifa va masallarda o‘qigan bo‘lishi mumkin. Bugungi kunda uning haykali mashhur Labi-Hovuz maydonida o‘rnatilgan bo‘lib, qadimgi meʼmorchilikning betakror durdonalari orasida yorug‘lik uchquni kabi qad ko‘tarib turibdi.

Ushbu film mashhur prodyuser va rejissyor Temur Bekmambetov tomonidan suratga olinmoqda.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing