Foto va Video

Xo‘ja Nasriddin Afandi haykali

9122

Buxoroning tarixiy markazida, mashhur Labi-Hovuz maydonida noyob yodgorlik bor. U qadimgi meʼmorchilikning betakror durdonalari orasida yorug‘lik uchquniga o‘xshaydi. Bu afsonaviy qahramon Xo‘ja Nasriddin Afandi haykalidir.

Aqlli, sho‘x va hazilkash, hiyla-nayranglarni ayyorona ishlatib, insoniyatning yomon illatlariga qarshi kurashgan bu sharqona qahramon to‘g‘risida ko‘pchilik afsonalarda, latifa va masallarda o‘qigan bo‘lishi mumkin.

Xalq donishmandi, hazil-mutoyibaga usta, so‘zga boy, iboralarni mohirona qo‘llaydigan notiq – Xo‘ja Nasriddinni shunday tasvirlashimiz mumkin. O‘zining hazillarida u ochko‘z hukmdorlar, boylar va qozilarning illatlari ustidan kulgan, ikkiyuzlamachilik va qo‘rqoqlik, poraxo‘rlik va sudxo‘rlik qiluvchilar ustidan mazax qilgan. Insoniyatning yomonliklari ustidan kulib hattoki eng qiyin vaziyatlardan ham chiqib ketishda u o‘ziga xos, soddaligi va quvnoqligi sabab xalqqa yaqin bo‘lishga harakat qilgan.

Bizning mamlakatimizda bu ayyor chol milliy qahramon sifatida hurmatga sazovordir.

Uning tasviri nega Buxoro bilan bog‘liq, deb so‘rarsiz balkim.

Mamlakatimiz aholisi uchun bu quvnoqlik nishonasi Sovet yozuvchisi Leonid Solovev tomonidan kashf etilgan. U Xo‘ja Nasriddinning sarguzashtlari haqida ikkita roman yozgan: "Maftun bo‘lgan shahzoda” va "tinchlik buzg‘unchisi ". Ikkinchi asarda qahramon Xo‘ja Nasriddin Buxoroga sayohatga kelib Buxoro amiri hovlisiga kirishga muvaffaq bo‘ladi. Roman asosida 1942 yilda film suratga olinadi. Shunday qilib, bu qahramon Buxoroda paydo bo‘ldi va bu hatto milliy ramzga aylanishga sabab bo‘ldi. 1979- yilda Buxoroda ushbu afsonaviy qahramon haykali o‘rnatildi. Va har yili bahorda Buxoroda Xo‘ja Nasriddin sharafiga atab hazil-mutoyiba festivali o‘tkaziladi.

Bugungi kunda yodgorlik atrofi doimo gavjum ayniqsa bolalar uni juda yaxshi ko‘radilar. Buxoroda bir eʼtiqod bor, agar siz bolani Afandi eshagiga mindirsangiz, uning hayoti quvonch va ijobiy his-tuyg‘ular dengiziga to‘ladi.

Darhaqiqat, agar siz Nasriddin Afandi haykaliga yaqinlashsangiz uning bejirim, ayyorona tabassumiga qarab ijobiy kuch va iliqlikni sezasiz va kuningiz yaxshi o‘tganini sezmay qolasiz.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring