"Turizm sohasida kasbni ommalashtirish" loyihasi doirasida yoshlar uchun turizm sohasidagi imkoniyatlarni namoyish etish va kelajakdagi kasbni ongli ravishda tanlashga qaratilgan kompleks kasb-hunar tadbiri bo‘lib o‘tdi.
"Turizm sohasida kasbni ommalashtirish" tadbiri doirasida yigit-qizlar mehmonxona va turizm sohalaridagi imkoniyat va vazifalar bilan tanishdilar. Bitiruvchilar va talabalar uchun turizm va mehmondo‘stlik sohasida muvaffaqiyatli martaba uchun zarur bo‘lgan talablar va fazilatlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi, shuningdek amaliy mahorat darslari - master-klasslar tashkil etildi (shu jumladan VorldSkills misolida).
Tadbirda HotelPro konsalting kompaniyasi, Shosh Palase mehmonxonasi, Srovne Plaza mehmonxonasi, Markaziy Osiyo turizm va mehmondo‘stlik universiteti, O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi, VorldSkills Uzbekistan assotsiatsiyasi mutaxassislari so‘zga chiqib, turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishida taʼlim olish bo‘yicha qimmatli amaliy maslahatlar bilan o‘rtoqlashdilar.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh