Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizning Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.
Madaniyat va turizm vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekistonning turizm salohiyatini Malayziya va Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasida keng targ‘ib etish bo‘yicha qo‘shma medialoyiha doirasida dunyoga mashhur malayziyalik teleboshlovchi, oshpaz, restavrator va bloger Chef Van (Datuk Redzuawan bin Ismail) O‘zbekistonga taklif etildi.
Ushbu loyihaga O‘zbekistonni malayziyaliklar uchun sayyohlik yo‘nalishi sifatida ommalashtirish va o‘zbek gastronomik brendlarini xorijda targ‘ib qilish orqali Janubi-Sharqiy Osiyodan kelayotgan sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida qo‘l urilmoqda.
Chef Vanning O‘zbekiston bo‘ylab o‘n kunlik sayohati davomida Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida mamlakatmiz madaniyati, an’analari, madaniy merosi, san’ati va o‘zbek oshxonasining mazali taomlariga bag‘ishlangan turkum teleko‘rsatuvlarni suratga olish rejalashtirilgan. Mashhur o‘zbek oshpazlari bilan pazandalik duellari va yosh oshpazlar uchun mahorat darslari bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Chef Van Malayziyaning Astro televizion tarmog‘ida bir qator sayohat dasturlari va pazandachilik shou dasturlarini tayyorlab efirga uzatadi. Shou dasturlar davomida tomoshabinlarga jahon sayyohlik yo‘nalishlari va qator mamlakatlarning milliy taomlari haqida ma’lumotlar berib boriladi.
E’tiborlisi, bu shou dasturlar qator Osiyo mamlakatlari telekanallari orqali ham efirga uzatiladi. Buning natijasida ko‘rsatuvning tomoshabin qamrovi bir necha 10 mlndan oshadi.
Shuningdek, Chef Van YouTube platformasi Instagram ijtimoiy tarmog‘i uchun ham qiziqarli kontentlar tayyorlab boradi. Ushbu tarmoqlarda u 1 mlndan ziyod obunachilarga ega bo‘lib, uning yillik tomoshabin qamrovi 100 mlndan ortiqni tashkil etadi. Bundan tashqari Chef Van mashhur restoranlar tarmog‘ining asoschisi, shuningdek, Malayziyaning pazandalik elchisi hisoblanadi.
“Men O‘zbekistonda bo‘lishdan mamnunman. Mamlakatingizning boy tarixi, madaniyati va san’ati haqida yetarlicha ma’lumotlarim bor. Ushbu tashrif davomida ularni yanada boyitib olaman degan niyatdaman. Bu yerda ijodiy guruhimiz bilan birgalikda “Astro Oasis” kanalida “Kembara Chef Wan” (Oshpaz Vanning sayohatlari) mualliflik dasturim uchun respublikaning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan ko‘rsatuvlar tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlarning faol kuzatuvchilari uchun kontentlar yaratish ustida ishlaymiz. Umid qilamanki, bu ikki tomon uchun yuqori darajzada manfaatli bo‘ladi” deb fikr bildirdi Chef Van o‘zining O‘zbekistonga tashrifining birinchi kunida.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Sh
Har qanday savol uchun
ПОЛЬЗОВАТЕЛЬСКОЕ СОГЛАШЕНИЕ
1. Определение
Настоящее Пользовательское соглашение (далее — Соглашение) является Публичной офертой в соответствии со статьёй 367 Гражданского кодекса Республики Узбекистан от 21.12.1995 (https://lex.uz/ru/docs/111181#162763) и регулирует порядок использования материалов и Сервисов сайта Государственного унитарного предприятия «Национальный PR-центр» (далее — Предприятие), размещённого на веб-сайте и поддоменах Национального Туристического Информационного Центра: https://uzbekistan.travel/ (далее — Сайт).
Посетитель и (или) Пользователь подтверждает, что ознакомлен, полностью и безоговорочно принимает все условия настоящего Соглашения и обязуется их соблюдать.
Использование Сайта Пользователем означает полное принятие данного Соглашения «как есть» в форме акцепта.
Соглашение вступает в силу с момента посещения любой страницы Сайта и (или) регистрации на Сайте и действует бессрочно во время пользования Сервисами Сайта.
Настоящее Соглашение обязательно для исполнения всеми Посетителями и Пользователями без каких-либо изъятий и дополнительных согласований.
Пользователь обязуется самостоятельно проверять актуальную редакцию Соглашения на Сайте перед использованием Сервисов.
2. Предмет Соглашения
Предметом настоящего Соглашения являются правила использования материалов Сайта и предоставление Посетителю и (или) Пользователю возможности использования Сервисов Сайта.
Предприятие является правообладателем исключительных прав на Сайт в целом и на его составные части, включая все виды контента: логотипы, товарные знаки, тексты, статьи, аннотации, иллюстрации, фотографии, графику, аудио- и видеофайлы, пользовательские интерфейсы, дизайн, структуру, программы, базы данных.
Я прочитал(а) и соглашаюсь с условиями использования сайта и политикой конфиденциальности.