Oqtepa xarobalari

3812

Toshkentning markazida, Yunusobod tumanida qadimgi arxeologiya yodgorligi – Oqtepa manzilgohi xarobalari bor deb kim o‘ylar edi?

Bu joy haqida birinchi marta eshitgan vaqtimni  juda yaxshi eslayman. Bir paytlar biz bu yerga o‘spirin bo‘lgan paytimizda kelganmiz. Bu joyni o‘rganish va bu erda izlanish bizga yoqar edi. Katta bo‘lmagan tepalik biz uchun g‘ayrioddiy va g‘oyat jozibali ko‘rinardi. Biz eng yuqori cho‘qqiga chiqishni yaxshi ko‘rardik. Biz tog‘da ekanligimizni tasavvur qilib, quyosh botishini tomosha qilardik.

Tabiiyki, o‘shanda biz oddiy tepada emas, balki noyob mustahkam istehkom, katta saroy ustida turganligimizni bilmas edik. Ushbu binoning qurilishi sanalari eramizdan oldingi V-VIII asrlar deb belgilangan.

U yerda hech qanday to‘siqlar va belgilar yo‘q edi. Uning ichiga xohlagan inson kirishi mumkin edi.

Bu joy tarixiy yodgorlik ekanligini tarix darsidan bilib oldim. O‘qituvchining ta’kidlashicha, bu saroyda Choch davlati hukmdorlariga bo‘ysungan bir necha turkiy hokimlar yashagan.

O‘shandan beri, har doim bu yodgorlik yonidan o‘tib, har safar uning holatiga e’tibor beraman. So‘nggi bir necha yil ichida uning atrofi  to‘sib qo‘yildi va kirish joyi yaqinida ma’lumot yozilgan taxtacha osildi. Yaqinda esa yodgorlik atrofidagi hamma joyni qazishganligini va yodgorlik yonida binolar qurganligini guvohi bo‘ldim. Ammo matbuotdan bildimki, “Yunusobod Oqtepasi” daxlsiz qolgan.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring