Foto va Video

O'zbek taomi – bo’yin go’sht kabobni tayyorlashning video retsepti!

6068

Davlat turizm qo‘mitasining oshpazlik bo‘yicha uchinchi video darsini tomosha qiling, unda mohir oshpaz Bahriddin Chustiy sizga an’anaviy o‘zbek taomi – bo’yin go’sht kabobni qadimiy retsept bo‘yicha qanday tayyorlashni ko‘rsatib beradi!

Taomning asosiy siri qo‘y bo‘ynining yumshoq go‘shtida. O‘zbek choyxonalarining bu an‘anaviy taomlari ilgari Farg’ona vodiysida, Andijon (Asaka), Namangan va Farg’onaning o’zida mashhur bo’lgan. Hozirgi kunda uni O‘zbekistondagi ko‘plab choyxonalarda tatib ko‘rish mumkin.


Go‘sht yumshoq bo‘lishi, yog‘  qatlami esa og‘izda erib ketadigan bo‘lishi uchun, uni 4-5 soat davomida dimlab pishirish kerak. Go‘shtni pishirgandan so‘ng, yosh kartoshka sarg‘aygunga qadar qozonga qovuriladi va tuz bilan sepiladi, shunda tuz kartoshkaning issiq terisiga yaxshi singib ketadi.

Yosh kartoshka va xushbo‘y ko‘katlar bilan bezatilgan taom juda ham yumshoq chiqadi. Haqiqiy erkaklar uchun haqiqiy taom!

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring