Foto va Video

O‘zbekiston delegatsiyasi Eronda xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etmoqda

13.02.2024 194

12-fevral kuni Tehron xalqaro ko‘rgazmalar markazida “17-Xalqaro turizm va tegishli sanoat ko‘rgazmasi” (17th Tehran International Tourism and Related Industries Exhibition – TITE-2024) o‘z ishini boshladi. Ochilish marosimida mamlakat prezidenti Ibrohim Raisiy va UNWTO bosh kotibi Zurab Pololikashvili ishtirok etdi.

Ushbu xalqaro ko‘rgazma Butunjahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) shafeligida Eron Islom Respublikasi Madaniy meros, turizm va hunarmandchilik vazirligi tomonidan tashkil etilmoqda.

Unda Turizm qo‘mitasi raisi U.Shadiyev rahbarligida turistik kompaniyalardan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi mamlakatimizning Erondagi elchixonasi ko‘magida ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazma davomida sayyohlik mahsulotlarini targ‘ib qilish orqali hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish hamda turizm sanoatining turli sohalari bo‘yicha B2B formatidagi uchrashuvlar tashkil etilmoqda.


Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing