Foto va Video

“Euronews” xalqaro telekanalida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan BMT Butunjahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 25-yubiley sessiyasini targ‘ib qilish bo‘yicha reklama kampaniyasi boshlandi

10.09.2023 290

Targ‘ibot doirasida ingliz tilidagi 30 soniyalik reklama roliklari hozirda mavjud “Euronews” telekanallarida tadbir boshlangunga qadar namoyish etiladi.

 Xalqaro telekanalda boshlangan reklama kampaniyasi Samarqandning noyob madaniy va tarixiy qadamjolari bilan tanishtirmoqda.  Targ‘ibot kampaniyasining asosiy xususiyatlaridan biri shaharning boy madaniy merosiga alohida urg‘u berilganligidadir. Umuman olganda, ushbu loyihaning ishga tushirilishi Samarqand turizm sanoati uchun muhim voqea bo‘ldi. “Euronews” xalqaro telekanalining global media platformasidan foydalanish nufuzli va katta ta’sir kuchiga ega xalqaro auditoriyaning Samarqandga va butun O‘zbekistonga moyilligini oshiradi va kelgusi yillarda yanada ko‘proq xorijiy sayyohlarni jalb qilishga xizmat qiladi.

 Tarixda birinchi marta UNWTO Bosh Assambleyasining sessiyasi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Joriy yilning 16-20-oktyabr kunlari Samarqand shahrida BMT Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 25-yubiley sessiyasi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.  Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor BMT Bosh Assambleyasi tizimining eng muhim voqeasi hisoblangan UNWTO sessiyasiga mezbonlik qilmoqda.

 Butunjahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 25-yubiley sessiyasining qadimiy Samarqand shahrida o‘tkazilishi dunyoni mamlakatimizning madaniy, sayyohlik, sarmoyaviy va intellektual salohiyati bilan tanishtirish, mamlakatimiz bilan jahon hamjamiyati o‘rtasidagi savdo, iqtisodiyot, turizm va madaniyat sohasida xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

 Maʼlumot uchun: “Euronews” Yevropaning yetakchi xalqaro yangiliklar kanali boʻlib, Yevropa nuqtai nazaridan jahon miqyosidagi koʻp tillardagi yangiliklarni 160 mamlakatdagi 400 milliondan ortiq xonadonlarga yetkazadi. 12 ta krossplatformali til versiyalari, shu jumladan 9 ta alohida televizion versiyalariga ega.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing