Foto va Video

Bishkek shahrida “O‘zbekiston hududlarining turizm salohiyati” turizm forumi tashkil etildi

16.03.2024 52

Joriy yil 15-mart kuni Bishkek shahridagi “Jannat Rejensi” mexmonxonasida “O‘zbekiston hududlarining turizm salohiyati” nomi ostida mamlakatimizga sayyohlar oqimini oshirishga qaratilgan turizm forumi tashkil etildi.

Forumda Farg‘ona viloyatidan jami 10 ta, shundan 5 ta Marg‘ilon va Rishton xunarmandlari, 2 ta turoperatorlar, 1 ta transport kompaniyasi va 2 ta viloyat Turizm boshqarmasi vakillari, Samarqand viloyatidan jami 4 ta, shundan 1 ta viloyat Turizm boshqarmasi vakili va 2 ta turoperatorlar, 1 ta transport kompaniyasi, Namangan viloyatidan jami 4 ta shundan 2 ta viloyat Turizm boshqarmasi mutaxassislari va 2 ta turoperatorlar ishtirok etishdi. O‘zbekiston tomonidan jami qatnashuvchilar soni 18 tani tashkil etdi.

Qirg‘iziston tomonidan KATO (Qirg‘iziston turoperatorlari Assotsiatsiyasi) tarkibiga kiruvchi 36 ta tur kompaniyadan 52 nafar mutaxassislar va Qirg‘izistonning turli xududlaridan 5 ta turoperatorlar, jami 60 dan ziyod turizm sohasi mutaxassislari ishtirok etdilar.

Forum doirasida O‘zbekistonning Qirg‘iz Respublikasidagi elchisi X.M.Mirzaxidov tomonidan mamlakatimizda barcha soxalar qatori so‘nggi 7 yilda turizm bo‘yicha amalga oshirilayotgan isloxotlar, ikki mamlakat fuqarolarining chegara postlaridan o‘tishlarida yaratilgan yengilliklar, transport soxasidagi imkoniyatlar keng tushuntirib o‘tildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarning turistik saloxiyatlari qiziqarli videoroliklar va taqdimotlar orqali qirg‘iz tomoniga namoyish etildi.

Bundan tashqari Marg‘ilonning atlas va adras milliy matolari “Marg‘ilon brendi”, milliy kiyimlar, tikuvchilik xunarmandchilik maxsulotlari va Rishton tumanining kulolchilik maxsulotlari yarmarkasi tashkil etilgani mexmonlarda katta taasurot qoldirdi.

Forum so‘nggida ikki mamlakat turoperatorlari va transport kompaniyalari o‘rtasida B2B uchrashuvlari tashkil etildi.

Erishilgan kelishuvlar:

1. Farg‘ona viloyati Turizm boshqarmasi va KATO (Qirg‘iziston turoperatorlari Assotsiatsiyasi) o‘rtasida o‘zaro xamkorlikda turistlarni jalb qilish, ikki tomonlama manfaatli loyixalarni ishlab chiqish, turizm soxasida ilg‘or tajribalarni qo‘llashni ko‘zda tutuvchi Memorandum imzolandi.

2.Quva shahridagi “Dolina Avto Tur” MCHJ turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi transport kompaniyasi Qirg‘izistonning “Avtobus key dji” va “Luxus AERO Reisenanol”, “Datka travel” “Kyrgyz Guided Tours” “Atlas travel” MCHJ korxonalari bilan O‘zbekistonga amalga oshiriladigan turlarda o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha shartnomalar imzolashdi.

3.Samarqand viloyatining “Muhtor Nur Trans Servis” MCHJ korxonasi Qirg‘izistonning “C.A.T. Company”, “Inter Aziya grup” “Asia Expeditions”, “Ak-Say Travel” “Travel Land” “Ultimate Adventure” “Sayakat tourism” turoperatorlari bilan Samarqandga mazkur turoperatorlar orqali tashrif buyuruvchi sayyoxlar uchun transport va mexmonxona xizmatlari hamda xar xil yo‘nalishdagi tur paketlar ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirildi.

4.Namanganda joriy yil 19 maydan 23 iyungacha bo‘lib o‘tadigan “Gullar festivali” bo‘yicha namoyish etilgan taqdimotga asosan,  ushbu festivalga barcha qirg‘iz turoperatorlari tomonidan katta qiziqish bildirildi. Butun Qirg‘iziston bo‘ylab sayyohlarni mazkur festivalga jalb qilishga kelishib olindi. Bu borada Namangan viloyati Turizm boshqarmasi tomonidan festival bo‘yicha reklama materiallari tayyorlanib qirg‘iz tomonga taqdim etilishi va birgalikda ishlashga  kelishib olindi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing