O‘zbekistonning go‘zal tabiati, boy tarixi, samimiy va mehmondo‘st xalqi, betakror tarixiy obidalari va qadamjolari, shuningdek, ko‘hna va navqiron shaharlari hamisha boshqa davlatlar va xalqlarda mamlakatimizga bo‘lgan qiziqishni ta’minlab kelgan.
Joriy yilning 30-oktyabridan 3-noyabr kunigacha Rossiyaning mashhur “НТВ” telekanali “Поедем, поедим!” madaniy etnografik dasturini ijodiy guruhining O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda. Mazkur ijodiy guruh Samarqand va Buxoro viloyatlarida bo‘lib, yurtimizning diqqatga sazovor joylari va milliy qadriyatlarini tasvirga olish niyatida.
Turizm qo‘mitasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ushbu loyiha O‘zbekistonning turizm salohiyatini ko‘p sonli auditoriyaga targ‘ib qilish orqali yurtimizga keluvchi sayyohlar oqimining ortishiga xizmat qiladi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh