Foto va Video

Toshkening qayerlarida Navro‘z bayrami tantanalari bo‘lib o‘tadi?

19.03.2024 166

Bahor kelishi bilan O‘zbekistonda tabiat uyg‘onishining eng asosiy va qadimiy bayrami – Navro‘zga tayyorgarlik boshlanadi. Bayram 21-mart – bahorgi tengkunlik kuniga to‘g‘ri keladi. Aynan shu kuni, kun va tun tenglashganda, yangi quyosh aylanishi, yangi astronomik yil va tabiatning uyg‘onish vaqti boshlanadi.

Asosiy bayram tadbirlari “Yangi O‘zbekiston” va “Navro‘z” madaniyat va istirohat bog‘larida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Navro‘z bayrami munosabati bilan quyidagi manzillarda bayram tadbirlari o‘tkaziladi:

  • Bektemir tumani: “Coca-ColaGarden” – 19-mart;
  • Uchtepa tumani: “Eko Park Seul” – 19-mart;
  • Shayxontohur tumani: “Tashkent City” istirohat bog‘i – 19-23-mart kunlari;
  • Yunusobod tumani: “O‘zekspomarkaz” hududi – 20-mart;
  • Mirobod tumani: “Furqat” madaniyat va istirohat bog‘i – 21-24-mart;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani: “Markaziy madaniyat va istirohat bog‘i” (sobiq Telman nomidagi bog‘) – 21-24-mart;
  • Sergeli tumani: Markaziy maydon (mo‘ljal: Sergeli tumani hokimligi) – 21-mart;
  • Olmazor tumani: “Yoshlik” shaharchasi, Beruniy maydoni – 21-mart;
  • Yakkasaroy tumani: “Seul Moon” va “Next” ko‘ngilochar markazlari – 21-24-mart;
  • Yangihayot tumani: “Toshkent Index” savdo majmuasi – 21-24-mart;
  • Yashnobod tumani: “Ashxobod” istirohat bog‘i — 21-24-mart;
  • Chilonzor tumani: G‘afur G‘ulom nomidagi istirohat bog‘i – 21-24-mart kunlari.

Manba: Uz24news

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing