Foto va Video

“Korea New Network” telekompaniyasi ijodkorlari mamlakatimiz hunarmandchiligi haqida videorolik suratga olmoqda

19.07.2023 443

Janubiy Koreyaning yetakchi telekompaniyasi bo‘lgan “Korea New Network” (KNN) tomonidan 36 qismdan iborat “Osiyo hunarmandchiligi” nomli teleko‘rsatuv loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida O‘zbekiston hunarmandchiligi, jumladan, kashtachilik va zargarlik buyumlari to‘g‘risida “Buxoro oltin iplari” nomli videorolik ham tayyorlanmoqda.

Xalqaro xalq san’ati tashkilotining Osiyo mintaqaviy kotibi Moon Hyuk Sukning tashabbusi bilan Madaniyat va turizm vazirligi ko‘magida amalga oshirilayotgan loyihaga ko‘ra, KNN telekompaniyasi ijodkorlari ayni damda O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.

Ijodiy guruh videorolik tayyorlash uchun Toshkent shahri va Buxoro viloyatlarida joylashgan madaniy meros obyektlarida tasvirga olish ishlarini amalga oshirmoqda. Ushbu mediakontent kelgusida O‘zbekiston madaniyati va turizm salohiyatini Koreya davlati va Sharqiy Osiyo mintaqasida targ‘ib qilinishi hamda malkatimizga kirib keluvchi sayyohlar sonini oshishida xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun: “Korea New Network” (KNN) telekompaniyasi 1995-yilda o‘z faoliyatini boshlagan va “Korea Broadcasting Awards” mukofotiga sazovor bo‘lgan. Mediakompaniya tomonidan Osiyoning 30 ta davlatidan hunarmandchilikka oid 50 xil turdagi ko‘rsatuvlar jamlanib, tarixda ilk bor 36 qismli serial sifatida tasvirga olinmoqda.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing