Foto va Video

Dunyodagi eng yirik global distribyutorlik tizimlaridan bo‘lgan “Amadeus” tomonidan O‘zbekiston, shuningdek, Yevropa va Osiyoni targ‘ib qilish bo‘yicha reklama kampaniyasi ishga tushirildi

22.11.2023 302

Turizm sohasidagi so‘nggi o‘zgarishlarda sanoat uchun quvonarli yangilik bor: “Amadeus” global distribyutorlik kompaniyasi bilan hamkorlik to‘g‘risida strategik kelishuv imzolandi. Ushbu qadam O‘zbekiston va Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, BAA, Saudiya Arabistoni, Turkiya hamda Yevropa va Osiyoning boshqa mamlakatlarida sheriklik va turizm salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.

1700647552451.png

Loyiha O‘zbekiston uchun yangi ufqlarni ochib beradi va “Amadeus”ning ilg‘or texnologiyalaridan turizm salohiyatini oshirish uchun foydalanish bo‘yicha ajoyib imkoniyat yaratadi. “Amadeus” O‘zbekistonga sayohatni Yevropa va Osiyodan kelgan sayyohlar uchun yanada arzon, qulay va jozibador qiladigan raqamli yechimlarni ishlab chiqishga o‘z hissasini qo‘shadi.

Hamkorlikning asosiy jihatlaridan biri sayyohlarga O‘zbekistonning boyligi va madaniy merosini o‘rganish hamda sayohatlarini osonlik bilan bron qilish va rejalashtirish imkonini beruvchi raqamli vositalarni yaratishdir. Ushbu hamkorlik sayyohlarning tajribasini yaxshilashga va ularga tanlovda yanada ko‘proq erkinlik berishga qaratilgan.

Umuman olganda, ushbu loyihaning ishga tushirilishi O‘zbekiston turizm sohasi uchun muhim bosqich hisoblanadi. Turizmni rag‘batlantirish uchun ilg‘or texnologiyalardan foydalanish nufuzli va katta ta’sir kuchiga ega xalqaro auditoriyada O‘zbekistonga nisbatan moyilliikni kuchaytiradi va kelgusi yillarda O‘zbekistonga yanada ko‘proq xorijiy sayyohlarni jalb qiladi.

Ma’lumot uchun:

“Amadeus” 2011-yilda tashkil etilgan va turizmga ixtisoslashgan dunyodagi eng yirik fuqarolik ma’lumotlari bazalari markazlaridan biri hisoblanadi. Ushbu kompyuter tizimi 104000 dan ortiq sayyohlik agentliklari uchun reyslar, mehmonxonalar, kruizlar va avtoulovlarni ijaraga olish imkoniyatini beradi.

Bundan tashqari, ushbu tizim 784 ta aviakompaniya uchun parvozlar va chiptalar mavjudligi, 488 ta aviakompaniya uchun reyslarni bron qilish, 85715 ta mehmonxona uchun xonalarni bron qilish, 26 ta kompaniya uchun avtomobil ijarasi va butun dunyo bo‘ylab 20 ta kompaniya uchun kruiz bron qilish haqidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing