2024-yil 20-31-mart kunlari Navro‘z bayrami hamda “Yoshlar turizmi haftaligi” tadbirlari tashkil etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlardagi umumiy ovqatlanish joylari va joylashtirish vositalarida ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun ixtiyoriy tarzda taqdim etiladigan chegirmalar va aksiyalar joriy qilinmoqda.
Asosiy maqsad yoshlarni taʼtil vaqtida mavsumiy imtiyozli turistik paketlari asosida respublikaning diqqatga sazovor joylariga sayohatlarini tashkil etish, oliy taʼlim muassasalari talabalari, maktab oʻquvchilari va mahallalardagi aholi va yoshlarning sayohatlarini tashkil etish, nogironligi boʻlgan oʻquvchi, talaba va yoshlarning respublikamiz boʻylab sayohat qilishi uchun zarur tashkiliy va amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.
Qayd etish joizki, “Yoshlar turizmi haftaligi” Prezidentning 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻtkazilib kelinmoqda.
Taqdim etiladigan chegirmalar va aksiyalar haqidagi to‘liq ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh