Foto va Video

Namangan xalqaro gullar festivali

04.04.2024 277

O‘zbekistondagi gullar festivali har yili bahor oxirida Namangan shahrida o‘tkaziladigan, rang-barang gullar olamiga hamda mamlakatning madaniy an’analariga bag‘ishlangan tadbirdir. Festival gul bog‘chalari egalari va bog‘ dizaynerlari uchun o‘zlarining badiiy gul kompozitsiyalarini namoyish etish, ham O‘zbekistondagi, ham xalqaro kompaniyalarga o‘zlarini tanitish hamda go‘zalligi bilan barcha o‘simlik va hayvonot dunyosi shaydolarini lol qoldirish uchun noyob imkoniyatdir. “Namangan xalqaro gullar festivali” ilk bor 1961-yilda o‘tkazilganidan buyon u katta tadbirga aylanib, shahar aholisi uchun ham, uning barcha mehmonlari uchun ham unutilmas voqelik bo‘lib kelmoqda.

joyib manzarali ko‘rinishdan tashqari, Gullar festivali mehmonlarga qator tadbirlarni taklif etadi. Festival davomida tashrif buyuruvchilar gul mavzusidagi mahorat darslarida qatnashishlari mumkin, ularda bog‘dorchilik sirlari, gullar kompozitsiylari va gullarni yetishtirish usullari bilan tanishishlari mumkin. Shuningdek, bu yerda madaniy chiqishlar, musiqiy konsertlar va an’anaviy raqs dasturlari ham tadbirga bayramona kayfiyat bag‘ishlaydi. Bundan tashqari, bunday tadbir O‘zbekistonning tabiiy landshaftlarini asrab-avaylash muhimligiga e’tibor qaratib, atrof-muhitni muhofaza qilish va bog‘dorchilikning barqaror usullarini targ‘ib qiladi.

Keyingi yillarda mazkur festivalning ko‘lami kengayishi natijasida mahalliy sayyohlar bilan bir qatorda, xorijiy sayyohlar soni ham ortib bormoqda. Festivalda Janubiy Koreya, Rossiya, Turkiya, Pokiston, Niderlandiya hamda Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston kabi qo‘shni davlatlardan mehmonlar ishtirok etmoqda.

Gullar paradi Namangan shahrining markaziy ko‘chalari bo‘ylab bo‘lib o‘tadi. Ushbu paradga gullar va milliy ramzlar tushirilgan bayroq bilan bezatilgan yengil avtomobillar, g‘alla o‘rish kombaynlari, o‘t o‘chirish mashinalari, traktorlar, izli avtomobillar va tez tibbiy yordam mashinalari kabi 200 dan ortiq texnika ishtirok etadi. Kolonna butun shahar bo‘ylab Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi istirohat bog‘igacha o‘tib, floristika va gulchilik san’atining rang-barang yurishi bilan mehmonlar e’tiborini tortadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing