Foto va Video

O‘zbekiston turizm sanoati yetakchi “numa GmbH” kompaniyasi bilan hamkorlikda rivojlantiriladi

30.11.2023 264

O‘zbekistonning turizm salohiyatini xorijiy mamlakatlarda keng targ‘ib etish maqsadida Germaniyaning yetakchi “numa GmbH” kompaniyasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Ma’lumot uchun: “numa GmbH” 2016-yilda tashkil etilgan bo‘lib, turoperatorlik, marketing va PRga ixtisoslashgan nemis kompaniyasi hisoblanadi. Uning asosiy e’tibori Bolqon, Turkiya va Markaziy Osiyo bo‘ylab madaniy va maxsus sayohatlarga qaratilgan. “numa GmbH” Germaniya Sayohat Uyushmasi (DRV) a’zosi hisoblanadi. Turoperatorlar va sayyohlik agentliklari bozoridagi aylanmaning asosiy qismini Germaniya sayyohlik assotsiatsiyasi a’zolari tashkil qiladi.

Loyihaning asosiy maqsadi Markaziy Yevropaning uchta
davlati - Germaniya, Avstriya va Shveytsariyaga tegishli boʻlgan “The DACH” mintaqasida Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyati va jozibadorligini ommalashtirishdan iborat, bunda potentsial sayohatchilar maqsadli marketing faoliyati orqali O‘zbekistonning turli turistik takliflari va madaniy qadriyatlari bilan tanishadi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston bilan Markaziy Yevropa davlatlari o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik qilish, sayyohlar uchun qiziqarli bo‘lgan yangi turistik yo‘nalishlarni ishlab chiqish, shuningdek, sayyohlik kompaniyalari o‘rtasida shartnomalar tuzish va hamkorlik tarmoqlarini kengaytirish ham mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishning muhim jihatlaridan hisoblanadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing