“Boysun bahori” festivali boshlandi

02.05.2024 512

Surxondaryo viloyati Boysun tumanining Bibishirin mahallasida joylashgan turizm kompleksida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Turizm qo‘mitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi va Madaniyat vazirligi hamkorligida yettinchi marta o‘tkazilmoqda.

Festivalga 40 ga yaqin davlatdan yuzdan ziyod folklor san’ati ustalari, folklorshunoslari, nomoddiy madaniy meros shinavandalari va sayyohlar kelishi kutilmoqda.

Festival doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, taniqli san’atkorlar hamda folklor jamoalar chiqishlari, milliy sozlar va liboslar, taomlar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlari ko‘rgazmalari, dronshoular, etnosport bellashuvlari, shunigdek, uloq-ko‘pkari, kurash, tosh ko‘tarish, arqon tortish, varrak sayli kabi turli xalq o‘yinlari ham tashkil etiladi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing